8-mavzu. Raqobat va monopoliya



Yüklə 72 Kb.
səhifə10/17
tarix20.12.2023
ölçüsü72 Kb.
#187306
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
8-mavzu. Raqobat va monopoliya-fayllar.org

Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiya- larini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).

Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli kor- xonalar (sanoat, savdo, transport va oank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlash- ma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zamr bo‘lgan turli soha korxona va tashki- lotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoli- yati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoli- yalaming sanab o‘tilgan shakllari orasida konsemlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va sal- biy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo'ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlaming tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist boimagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik kor- xonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud boiadi. Chun- ki, uncha yirik boimagan raqobatlashuvchi korxonalaming odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan boiib, ular ishlab chiqarishga yangiliklami tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlami oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bun- dan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalami amalga oshirish xarajatla- rini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ulaming mualliflariga tegishi aniq ka- folatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihat- lami ko‘rsatish mumkin:




  1. Yüklə 72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin