Hozirgi paytda narxlarni hisob-kitob qilishning bir qator usullari mavjud, xususan:
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» usuli mohiyatining ishlab chiqarilgan tovar tannarxiga ma’lum miqdorda qo’shimcha narx qo’yilishidan iborat. Narx hosil bo’lish jarayonini shaklantirishda standart qo’shimcha narxlardan foydalanish mantiqan to’g’ri kelmaydi. Optimal narxni belgilash uchun har bir mintaqadagi raqobat va joriy talabning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Tovarning his qilinuvchi qiymati asosidagi usulga ko’ra– narxni hisob-kitob qilishda o’z tovarlarining his qilinuvchi qiymatidan kelib chiqiladi. Narx hosil bo’lishining asosiy omili sotuvchining xarajatlari emas, balki tovarning xaridorlar tomonidan qabul qilinishi, tovarning u yoki bu xususiyatiga xaridorlarning javobi hisoblanadi.
Narxni joriy narxlar darajasida belgilash usuli bu– narxning joriy narx darajasi asosida o’rnatilishidir. Firma asosan raqobatchilar narxlaridan kelib chiqadi va ishlab chiqarish xarajatlari yoki talab darajasiga kam e’tibor qaratadi. U narxni o’z raqobatchilari bilan bir xil yoxud ulardan kam yoki ko’p belgilashi mumkin
YOpiq savdo (xarid) asosida narxni belgilash usulining mohiyati narxni belgilashda firma narx va ishlab chiqarish xarajatlari yoki talab ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqadan emas, balki raqobatchilarning kutilayotgan narxlaridan kelib chiqishidan iborat. Firma shartnoma imzolashni istaydi, buning uchun esa boshqalarga nisbatan pastroq narx so’rash kerak bo’ladi. Biroq bu narx mahsulot tannarxidan kam bo’lmasligi lozim, aks holda firmaning moliyaviy jihatdan zarar ko’rishiga to’g’ri keladi.
8.6. EKSPORT XARAJATLARI Eksport narx kalkulyasiyasi ichki narx kalkulyasiyasidan sotuvchi bo’yicha qo’shimcha xarajatlarga, jumladan, quyidagilarga farq qiladi: