8-Mavzu: xotira



Yüklə 66,64 Kb.
səhifə5/6
tarix05.12.2023
ölçüsü66,64 Kb.
#172547
1   2   3   4   5   6
8-Maruza xotira (2)

Qayta esga tushirish.
O`tmishda idrok qilingan narsalarning, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga esga tushurish deyiladi. Esga tushurishning nerv-fiziologik asosi miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarining qaytadan qo’zg`olishidir.
Esga tushurish bir necha xil bo`ladi:
1.Tanish deb ilgari idrok qilgan narsalarni takror idrok qilganda u narsaning esga tushishiga aytiladi.
2.Eslash narsani, uning o`zini shu paytda idrok qilmay turib esga tushurishdir.
3.Bevosita eslash -materialni o`qib chiqish bilanoq, boshqa hech narsani o`ylamasdan, shu paytning o`zidayokq esga tushurishdir.
4.Oradan vaqt o`tkazib eslash- biror material oradan bir necha kun, hatto bir necha oy o`tkazib esga tushiriladi
5.Ixtiyorsiz eslash- deganda kishining o`z oldiga maqsad qo`ymasdan, irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi.
6.Ixtiyoriy eslash- biror maqsad bilan esga olinishi kerak bo`lgan materialni tanlab, ataylab harakat qilib, maxsus esga tushirish demakdir.
Esda saqlash deyilganda ilgari paydo bo`lgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish-harakatning jonlanib, takrorlanib turishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushinamiz. Shunday mustahkamlanishga sabab nerv sistemasining plastikligidir.
Biz o`qib olgan material uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qanday bo`lgan bo`lsa, albatda aynan shundayicha saqlanib turavermaydi. Lekin ayrim formulalar, ta’riflar, ko`paytirish jadvallari, mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saqlanishi ham mumkin.
Unutish – ilgari esda olib qolgan narsalarimizning ongimizdan qisman yoki tamoman yo`qolishidir. Unutish qisman va butunlay bo`lsa ham, u qachondir yana esga tushadi.Unutushni tamoman salbiy hodisa deb tushunish yaramaydi. Chunki keraksiz narsalar unutilib, miya bo`shashi ham lozim. Ayniqsa, turli g`am-g`ussalar tezda unitilmasa, kishini umr bo`yi qiynashi, azoblashi mumkin.
Shunga qaramay, unutishga qarshi ko`rash olib borish lozim. Buning uchun materialni tez-tez takrorlab turish, uni turmushga, amaliy faoliyatga tadbiq qilib borish, o`rganilayotgan materialni oldingilari bilan bog`lab borish va boshqa usullarni ko`llash zarur.


Xotira tiplari.
Har kimning o`ziga xos xotira xususiyatlari mavjud. Xotiradagi bu farq uning kuchida ifodalanadi. Birovda xotira kuchli bo`lsa, boshqa birovda kuchsizdir.
Xotiraning kuchli yoki kuchsiz bo`lishini biz esda qoldirish va unutishning tezlik darajasiga qarab belgilaymiz. Tez esga olib, juda sekin unuthish kuchli xotiraning belgisi bo`lsa, sekin esda olib qolib, tez unutish kuchsiz xotira belgisidir. Shunga qarab kishilardagi xotirani to`rt tipga bo`lamiz.






Yüklə 66,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin