8-Mavzu: xotira


Neyrofiziologik nazariyalar



Yüklə 66,64 Kb.
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü66,64 Kb.
#172547
1   2   3   4   5   6
8-Maruza xotira (2)

Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa unutishga sabab bo’ladi.




Bioximik nazariya. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora yaqinlashib va qo`shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdig`ini topdi.Bioximik nazariyaning mohiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda (qo’zgovchining bevosita ta’siridan so`ng) miya hujayralarida asl holiga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qiska muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oqsil moddalarning hosil bo`lishi bilan bog`lik bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qiska muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Hujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashqi qo’zg`ovchilar ta’siri ostida nerv hujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos kimyoviy o`zgarishlarning izlarini mustahkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.


XOTIRA TURLARI
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo’ladigan faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi xotiraning har hil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 66,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin