8-mavzu: Yordamchi soʻzlar. Alohida guruh soʻzlar. Yordamchi soʻzlar ta’rifi va ularning turlari. Modal soʻzlar va ularning tasnifi. Undov soʻzlar va ularning tasnifi. Taqlid soʻzlar va ularning tasnifi. Reja



Yüklə 459,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix03.12.2023
ölçüsü459,98 Kb.
#172054
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
8-ma\'ruza

4. Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi
: xuddi, naq. Bu yuklamalar o`zi mansub 
bo`lgan so`z yoki gapga oʻxshatish-qiyoslash ma’nosini yuklaydi. Ilm o`rganib, 
ilmiga amal qilmagan kishi naq yer haydab, uni ekmagan kishiga o`xshaydi. 
(M.Hasaniy) Hayosi yo`q po`sti shilib olingan yog`och va xuddi yog`i tugagan 
chiroqqa o`xshaydi. (M.Hasaniy) 
Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi oʻrnida misoli, bamisli so`zlari qo`llanishi 
ham mumkin: Hatto, zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qoʻydingiz bamisli 
xayol…(A.O.) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-
u jondir.(B.Qosimov)
 
5. Gumon yuklamasi
: -dir barcha so`z turkumlariga qo`shilib kela oladi va 
o`zi aloqador bo`lgan so`zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo`shadi: - Sizga nimadir 
va’da bergandir-da? (Isfandiyor) Sizni yoʻqlab kelgandir. 
Bu yuklama –man, –san qo’shimchalari qatorida turuvchi III shaxs shaxs-son 
qo’shimchasi bilan shakldoshdir. M: Suv hayot manbaidir (Kesimlik shakli). 
6. Inkor yuklamasi na... na 
uyushiq bo`laklar va qo`shma gap tarkibidagi 
ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo`lishsizga 
aylantiradi, gapning kesimi,asosan, inkor shaklida boʻladi. Inkor shaklli gap 
bo`laklari va gaplar oldida kelganda, bo`lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi: 
Toʻrt mucham sogʻ, doʻstlarim bor havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na 
oʻtmishimdan. (A.O.) Koʻnglimni tutolmas na ov, na oʻyin, Nimadir izlardim
bilmayman oʻzim.(Mirtemir) 
Yuklamalarning yozilishi 
1) - mi, -oq(-yoq), -gina, -ki(m), - dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga 
qo’shilib yoziladi: 
a
ytmaysizmi? 


2) -ku,-u, -yu, -da, - chi, -a, -ya yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi. -u, 
-yu, yuklamasi juft so’zlar orasida bog’lovchi vazifasida ham keladi: Kecha-yu 
kunduz – kecha-kunduz. 

Yüklə 459,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin