4. Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi : xuddi, naq. Bu yuklamalar o`zi mansub
bo`lgan so`z yoki gapga oʻxshatish-qiyoslash ma’nosini yuklaydi. Ilm o`rganib,
ilmiga amal qilmagan kishi naq yer haydab, uni ekmagan kishiga o`xshaydi.
(M.Hasaniy) Hayosi yo`q po`sti shilib olingan yog`och va xuddi yog`i tugagan
chiroqqa o`xshaydi. (M.Hasaniy)
Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi oʻrnida misoli, bamisli so`zlari qo`llanishi
ham mumkin: Hatto, zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qoʻydingiz bamisli
xayol…(A.O.) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-
u jondir.(B.Qosimov)
5. Gumon yuklamasi : -dir barcha so`z turkumlariga qo`shilib kela oladi va
o`zi aloqador bo`lgan so`zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo`shadi: - Sizga nimadir
va’da bergandir-da? (Isfandiyor) Sizni yoʻqlab kelgandir.
Bu yuklama –man, –san qo’shimchalari qatorida turuvchi III shaxs shaxs-son
qo’shimchasi bilan shakldoshdir. M: Suv hayot manbaidir (Kesimlik shakli).
6. Inkor yuklamasi na... na uyushiq bo`laklar va qo`shma gap tarkibidagi
ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo`lishsizga
aylantiradi, gapning kesimi,asosan, inkor shaklida boʻladi. Inkor shaklli gap
bo`laklari va gaplar oldida kelganda, bo`lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi:
Toʻrt mucham sogʻ, doʻstlarim bor havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na
oʻtmishimdan. (A.O.) Koʻnglimni tutolmas na ov, na oʻyin, Nimadir izlardim,
bilmayman oʻzim.(Mirtemir)
Yuklamalarning yozilishi 1) - mi, -oq(-yoq), -gina, -ki(m), - dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga
qo’shilib yoziladi:
a ytmaysizmi?
2) -ku,-u, -yu, -da, - chi, -a, -ya yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi. -u,
-yu, yuklamasi juft so’zlar orasida bog’lovchi vazifasida ham keladi: Kecha-yu
kunduz – kecha-kunduz.