modal so`zlar deyiladi:
Ehtimol , bugun yetib kelar.
Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
a) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat
(arx.);
b) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz;
s) ishonch: albatta;
d)anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi:
tabiiy, o`z-o`zidan;
e) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, hoynahoy, muhaqqaq (arxaik), aslida,
darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
a) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i;
b) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
s) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
d) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda,
har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.
Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so`zlar
ham mavjud.
Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqandir.
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy;
3) ravishdan: albatta;
4) fe’ldan: hoynahoy (tojikcha hohi-naxohi so`zidan);
5) bog`lovchidan: balki;
6) so`z birikmasidan: har qalay, har holda;
7) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
8) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib
qoladi).
Modal so`zlar