b) ta’kid, buyurish uchun qo`llanadigan: ma, tss, jim, marsh;
2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo`llanadigan: kisht, bah-bah,
mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey;
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to`xtatish uchun qo`llanadigan:
ishsh, ho`k, tak;
v) hayvon va parrandalarni biror ishni
bajarishga undash uchun
ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho`k, tek, hayt, chu.
3. Ko`rsatish, ta’kid
undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) ko`rsatish: hu, huv, hovv;
2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo`sh, labbay, ha.
Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda
nutqiy odat
undovlari deb ataladi: (25; 100.) tarzida ajratish mumkin: rahmat,
marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar
odatda
Dostları ilə paylaş: