qo`shimchalarini
qabul qiladi va
ega, qaratqich aniqlovchi
hamda
to`ldiruvchi
vazifalarini bajaradi:
Odamlarning
g`ovur-g`ovuri
bosildi. Yuragining
duk-
dukini
eshitdi.
Chug`ur-chug`urning
to`xtashi amri mahol.
Undov va taqlid so`zlar tahlili
1. Ma’no turi.
2. Tuzilish turi.
3. Otlashgan-otlashmaganligi.
4. Gapda bajargan vazifasi.
Savol va topshiriqlar:
1. Modal so`zlarning ta’rifini ayting. 2. Modal so`zlarning ma’no jihatidan
turlarini ayting. 3. Ma’lum bir guruhga kirmagan modal so`zlarni sanab ko`rsating.
4. Mustaqil so`zlardan o`sib chiqqan modal so`zlar haqida gapiring. 5.
Modal
so`zlar kelib chiqishiga ko`ra yana qanday bo`lishi mumkin? 6. Modal so`zlarning
morfologik belgisini ayting. 7. Modal so`zlarning
sintaktik belgisini ayting. 8.
Modal so`zlarning semantik belgisini tushuntiring. 9.Undov so`zlarning ta’rifini
ayting. 10. Undov so`zlar qanday ko`rinishlarda qo`llanishi mumkin? 11. His-
hayajon undovlari haqida gapiring. 12. Mustaqil so`zlardan his-hayajon
undovlariga o`tgan so`zlarga misollar keltiring. 13.
Haydash-chaqirish undovlari
haqida gapiring. 14. Haydash-chaqirish undovlari qanday so`zlar bilan qo`llanadi?
15. Taqlid so`zlarning ta’rifini ayting. 16. Tovushga taqlid so`zlar haqida so`zlang.
17. Holatga taqlid so`zlar haqida so`zlang. 18. Taqlid so`zlar qanday
ko`rinishlarda qo`llanadi? 19. Taqlid so`zlar mustaqil so`zlarga qaysi jihatlari bilan
o`xshaydi? 20. Taqlid so`zlarning otlashishi haqida gapiring. 21.
Eskirgan modal
so`zlarga misollar keltiring. 22. “O`z-o`zidan” modal so`zi qaysi mustaqil so`z
turkumlariga omonim bo`la oladi? 23. Ham tovushga,
ham holatga taqlid
bildiradigan so`zlarga misollar keltiring.