8-mavzu: Yordamchi soʻzlar. Alohida guruh soʻzlar. Yordamchi soʻzlar ta’rifi va ularning turlari. Modal soʻzlar va ularning tasnifi. Undov soʻzlar va ularning tasnifi. Taqlid soʻzlar va ularning tasnifi. Reja


Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari



Yüklə 459,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix03.12.2023
ölçüsü459,98 Kb.
#172054
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
8-ma\'ruza

2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari
: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-
kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki). 
-ku, -u, -yu, -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq), -ki (-kim) 
yuklamalari esa qoʻshib yoziladi 
-ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim)
yuklamalari ma’noni kuchaytirish, 
to`siqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo`llanadi. Masalan, 
Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da goʻzalroq, bundan-da farovonroq boʻlishiga 
ishonaman.- O`z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (Cho`lpon) Mirzo Ulug`bek 
maktubni o`qib tugatmasdanoq o`rnidan turib ketdi. (O.Yo.) Bir qissakim, buning 
so`ngida Sevishganlar topishgusidir. (H.O.) 
Ham, axir, hatto, hattoki, nahot (nahotki) so`z yuklamalari fikrni ta’kidlash, 
avvalgi voqeani eslatish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, Tursunboy hamma 
narsadan kechganda ham birgina shu Zebidan kechmas edi. (S.A.) Axir bu qal’ani 
olguncha ozmuncha talofat berildimi? (P.Q.) Nahot, axir, soʻnggi dam ham 
Farzandingni oʻylasang. (A.O.) Uzoq cho`zilgan bu suhbatda Miryoqubning 
qulog`i bir marta g`alati dinkaydi, hatto uning qop-qora chiroyli ko`zlarida 
allaqanday sehrli olovlar yondi. (Ch.)
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari:
faqat(gina), -gina (-kina, -qina). Bu 
yuklamalar turli so`z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko`rsatish va ma’no 
jihatdan ajratish uchun qo`llanadi. Masalan, O`zi haqida o`ylamay, faqat xalqqa 
ilm berishga bel bog`lagan olim kishi xuddi shamga o`xshaydi, sham o`zini 
yondiradi, xalqqa ziyo bag`ishlaydi. (M.Hasaniy) Yoqimli do`stgina suhbati olis 


yo`lni yaqin qiladi. (M.Hasaniy) Dunyoda ko`rib o`taturgan barcha orzumiz
havasimiz faqat sengagina qarab qolgan (A.Qod.) 
Faqat
yuklamasi o`rnida 
yolg`iz, atigi, xolos
so`zlari qo`llanishi ham 
mumkin. Miryoqubning topishi yolg`iz mingboshi orqali bo`lsa, unga «epaqa» 
nomini qo`yish to`g`ri bo`larmidi. (Cho`lpon) Hamma nopok, hamma egri, yolgʻiz 
siz toʻgʻri. Xotin, bu gaplar kitobdagina bor xolos, hayot boshqa. 

Yüklə 459,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin