Ergashtiruvchi bog`lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga
qarab: 1) aniqlov bog`lovchisi; 2) sabab bog`lovchilari; 3) chog`ishtiruv
bog`lovchilari; 4) maqsad bog`lovchisi; 5) shart va to`siqsizlik bog`lovchilariga
bo`linadi.
Aniqlov bog`lovchlari. Ya’ni, -ki (-kim) aniqlov bog`lovchilari gap
boʻlaklarini va ergash gaplarni bosh gapga bog`lash uchun qo`llanadi. Tilning
bilish borasidagi ahamiyati
oddiy bilim bilan cheklanmay, maʻrifatni, yaʻni
bilishning eng oddiy martabasini ham oʻz ichiga oladi. Bilib qo`yki, seni Vatan
kutadi. Mirzo Ulug`bek joyiga o`tirmagan ham ediki,
saroybon kirib, ikkinchi
nomani tutdi. (O.Yo.)
Sabab bog`lovchilari. Chunki, shuning uchun, negaki, sababki, zeroki, nainki.
Bu bog`lovchilar ergash gapni bosh gapga bog`lab, ular oʻrtasidagi sabab
ma’nosini ifodalaydi. Chorasi bo`lmagan
ishga kirishma, chunki undan qutilib
bo`lmaydi. (Amir Temur o`gitlari) Ko`chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar,
shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.)
Chog`ishtiruv bog`lovchilari – go`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar
bosh gapda
ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh
etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor.
(J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday
boshlarini quyi solishadi (O.)
Maqsad bog`lovchisi.
Toki
maqsad bog`lovchisi qo`shma gap tarkibidagi
maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi.
Yomonlarning
jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon
kunlarni solmasinlar. (H.G`.)
Shart va to`siqsizlik bog`lovchilari. Agar (gar), modomiki,
basharti, garchi,
garchand, mabodo, bordi-yu.
Bu bog`lovchilar shart va to`siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan
munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar
kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday
hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.)
Bu oqshom, garchi tevarak tinch
bo`lsa ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Dostları ilə paylaş: