deb
so`zi bilan qo`llanib,
hol
(U “voy” deb yonboshiga
yiqildi),
degan
so`zi bilan qo`llanib, gapda ko`pincha
sifatlovchi-aniqlovchi
(Ko`chada “dod” degan ovoz eshitildi) bo`lib keladi. Undovlar
otlashishi
mumkin,
bunda ular
ega
(Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.),
kesim
(Endi uning
holiga voy),
to`ldiruvchi
(Uning oh-vohiga kim quloq soladi?),
qaratqich-
aniqlovchi
(Dod-voyning foydasi yo`q.) vazifalarini bajaradi.
Taqlid so`zlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so`zlar
taqlid so`zlar
deyiladi.
Bunday so`zlar ma’no jihatidan ikki turga bo`linadi:
1. Tovushga taqlid
bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk,
shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-
bidir, vov, uv, irr, mo`o`, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-
vish, qu-qu, qa-qa, g`a-g`a, qag`-qag`, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid
bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq,
jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-
jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g`ivir-
g`ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid so`zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo`llanadi. Juft
va takrorlangan taqlid so`zlar orasiga chiziqcha qo`yiladi.
Taqlid so`zlar mustaqil so`zlar kabi
gap bo`lagi
bo`la oladi:
Hol: Shamol
g`ir
-
g`ir
esmoqda.
Tovushga taqlid so`zlar
ba’zan otlashib, ko`plik, egalik va kelishik
Dostları ilə paylaş: |