8-mavzu: Yordamchi soʻzlar. Alohida guruh soʻzlar. Yordamchi soʻzlar ta’rifi va ularning turlari. Modal soʻzlar va ularning tasnifi. Undov soʻzlar va ularning tasnifi. Taqlid soʻzlar va ularning tasnifi. Reja



Yüklə 459,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix03.12.2023
ölçüsü459,98 Kb.
#172054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
8-ma\'ruza

Inkor bog’lovchisi
– uyushiq bo’lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan 
holda bog’lovchi na…na yordamchisi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida 
bo’ladi: Na eshikni, na derazalarni ochib bo’lardi. Koʻkda na yulduz bor, na bir 
tabassum, Tabiat ingrardi, yigʻlardi yum-yum. 
II. Ergashtiruvchi bog`lovchilar. 
Ergashtiruvchi bog`lovchilar gap boʻlagi 
va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo`li bilan 
bog`laydi. 


Ergashtiruvchi bog`lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga 
qarab: 1) aniqlov bog`lovchisi; 2) sabab bog`lovchilari; 3) chog`ishtiruv 
bog`lovchilari; 4) maqsad bog`lovchisi; 5) shart va to`siqsizlik bog`lovchilariga 
bo`linadi. 
Aniqlov bog`lovchlari. Ya’ni, -ki (-kim) aniqlov bog`lovchilari gap 
boʻlaklarini va ergash gaplarni bosh gapga bog`lash uchun qo`llanadi. Tilning 
bilish borasidagi ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, maʻrifatni, yaʻni 
bilishning eng oddiy martabasini ham oʻz ichiga oladi. Bilib qo`yki, seni Vatan 
kutadi. Mirzo Ulug`bek joyiga o`tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi 
nomani tutdi. (O.Yo.) 
Sabab bog`lovchilari. Chunki, shuning uchun, negaki, sababki, zeroki, nainki. 
Bu bog`lovchilar ergash gapni bosh gapga bog`lab, ular oʻrtasidagi sabab 
ma’nosini ifodalaydi. Chorasi bo`lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib 
bo`lmaydi. (Amir Temur o`gitlari) Ko`chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, 
shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.)
Chog`ishtiruv bog`lovchilari – go`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar bosh gapda 
ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh 
etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor. 
(J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday 
boshlarini quyi solishadi (O.) 
Maqsad bog`lovchisi. 
Toki
maqsad bog`lovchisi qo`shma gap tarkibidagi 
maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi. 
Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon 
kunlarni solmasinlar. (H.G`.) 
Shart va to`siqsizlik bog`lovchilari. Agar (gar), modomiki, basharti, garchi, 
garchand, mabodo, bordi-yu. 
Bu bog`lovchilar shart va to`siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan 
munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar 
kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday 


hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch 
bo`lsa ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.) 

Yüklə 459,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin