8-mavzu: Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari reja


Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 81,85 Kb.
səhifə2/8
tarix16.03.2023
ölçüsü81,85 Kb.
#88228
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xusu

2. Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Kamol topishning bu bosqichiga 28−35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yetaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. U endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari, uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuyadi, ularga imkoniyat boricha yordam berishga intiladi.
Yetuklik, kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g‘amxo‘rlik, homiylik davridir. Boshqa yosh davrlardagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko‘ngilsizliklar vujudga kelganligini anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi hisob berish shu davrning muhim psixologik xususiyatlaridan biridir. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida “turg‘unlik” tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33−35 yoshlarda mnemologik − attension majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik − markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlarga ajralishi ro‘y beradi. Attensional holatning omillari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellekti tarkibida xotira va tafakkur muhim o‘rin tutadi. Biroq o‘zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg‘ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi.
Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyat­lardan to‘laroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu hol butun kuch-quvvat, aqliy zo‘riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi hisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat asosida ro‘y beradi.
Yetuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o‘zaro munosabatini tadqiq qilgan B.G.Ananev laboratoriyasi hodimlari 29−32 yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2 barqarorlashuvi 15, 8, funksional darajaning pasayishi 38,0, 33−35 yoshlarda 11,2, 33,3 foiz, 55,5 foizni tashkil qilishini aniqlashgan.
Yu.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30−35 yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafak­kur 102,3 birlikka baravardir. Yetuklik davri fao­liyatining mahsuldorligini o‘rgangan G.Leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30−34, geologlar va astronomlarda 30−35 yosh ekanligini va o‘rtacha mahsuldorlik cho‘qqisi 37 yoshda bo‘lishini qayd qilgan.
Psixofiziolog S.V.Kravkov ko‘zning farqlash sezgirligi yoshga qarab o‘zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 25−50 yoshgacha davom etishi mumkinligini aniqlagan.
3.F.Esareva oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining mahsuldorligi muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar − 26, psixologlar 32, filologlar − 34, tarixchilar − 31, fiziklar − 30 biologlar 32 yoshda amalga oshirishi mumkinligini aniqlagan. Kamolotning birinchi bosqichidagi yetuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3 foiz, 35 yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. Demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi.
Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruhiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu hol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Yetuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esareva quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi: 1) e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori; 2) chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi; 3) il­miy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi; 4) ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi; 5) ilmiy maktabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori; 7) o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlarida foydalanish ko‘­lami; 8) o‘qituvchi rahbarligidagi diplom va disser­tatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) o‘qituvchining ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyat mukofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.
Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takabburlik, mag‘rurlik hislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki, aksincha, hayot zahmatlari uning pessimist, narsa va hodisalarga nisbatan loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruhiy holat ham oila a’zolari, tengqurlari, mehnat jamoasi a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi.
Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha hotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar.



Yüklə 81,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin