8-mavzu: Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari reja



Yüklə 81,85 Kb.
səhifə5/8
tarix16.03.2023
ölçüsü81,85 Kb.
#88228
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xusu

5. Biologik keksayish
Nafaqat yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning ishlab chiqishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyatlari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir. Shularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bo‘lib, yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning o‘zga­rishini psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa, hududning xuddi shu yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova − Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.
Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida miyaning og‘irligi 20−30 foiz yengillashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish dav­rida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3−4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.
Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining III V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining miqdori keskin kamaya­di, hujayralarning yo‘qolishi yetuk kishilarga nisbatan 25 foiz ko‘p bo‘ladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari yo‘g‘onlashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.
Sensor−perseptiv funksiyalarning qarishi. Ko‘rish funksiyasining yosh davri dinamikasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, amerikalik psixolog Kruk tadqiqotining ma’lumotlariga qaraganda, agar vaqt hech bir cheklanmasa, ko‘ruv stimullarini idrok qilish 20−50 yoshli odamlarda bir tekis, aniq va to‘g‘ri amalga oshishi mumkin. Mabodo vaqt cheklangan bo‘lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqt namoyish qilinsa, qo‘zg‘atuvchining kuchi o‘zgarib tursa, yoshlar bilan kattalar o‘rtasida keskin farq vujudga keladi. Oddiy turmushda bu hol jismlarga uzoq muddat termulish imkoniyati va sun’iy yorug‘likdan foy­dalanish ko‘ruv idroki pasayishining oldini oladi va muvaqqat uzilishni barham toptiradi. L.E.Birron va L.Botvinnik, quyidagicha xulosa chiqardilar: sen­sor informatsiyani qayta ishlash va stimullarni baholash uchun keksa kishilarga ko‘p vaqt kerak. Ko‘rish pasayishini ikkita sababi bo‘lib, bir ko‘z gavharining torayishi, ikkinchisi ko‘z akkomodatsiyasining yomonlashuvidir.
S.Pakoning fikricha, idrok qilinayotgan ob’ekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib borsa, tajribada yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi.
Bir guruh psixologlarning uqdirishicha, idrok funksiyasidagi yosh davriga bog‘liq pasayishning asosiy sabablaridan biri miya po‘stining gnostik zonasidagi neyronlar miqdorining kamayishidir. U.Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar.
Eshitish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasini 14−15 yoshlarga to‘g‘ri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, inson yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘tadil holat hisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshi­tish uquvini yo‘qotish erkaklarda ayollarga qaraganda ko‘p uchraydi.
Ta’m bilish sezgisida ham yosh ulg‘ayishi va keksa­lik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50 yoshgacha keskin o‘zgarmasa-da, lekin undan keyingi o‘sish davrida maza surg‘ichlari miqdorining kamayishi evaziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir bo‘ladi.
Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va ko‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir.
Keksayganda og‘riq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezgirligi ham yosh o‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi degenativ o‘zgarish ana shu holatni keltirib chiqaradi.



Yüklə 81,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin