Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yo’qlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzu bayoni:Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni: Xonadonda barcha elektr asboblari: lampochkalar, televizor, muzlatgich va boshqalar bir vaqtda elektr tarmog’iga ulangan bo’ladi. Agar ular bir-biriga ketma-ket ulanganda edi, kuchlanish ular orasida taqsimlangan bo’lardi. Bu holda lampochkalar juda xira yonardi, televizorning ko’rsatishiga, muzlatgichning sovitishiga kuchlanish yetish- mas edi. Undan tashqari, ketma-ket ulangan iste’molchilardan biri o’chirilsa, boshqalari ham o’chardi. Shuning uchun xonadonda barcha elektr iste’molchilar, odatda, bir-biriga parallel qilib ulanadi.
Ikkita lampochka o’zaro parallel ulangan 67 - rasmdagi elektr zanjirni yig’aylik. Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 qisqichlarga ulanadi. Shu qisqichlarga ulangan voltmetr 4 V kuchlanishni ko’rsatsin. Bu voltmetrning ko’rsatishi har bir lampochkadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to’liq kuchlanishni ham ifodalaydi.
Demak, parallel ulangan ikkala lampochkada kuchlanish bir xil bo’lib, u zanjirdagi to’liq kuchlanishga teng bo’ladi, ya’ni:
U1 = U2 = U. (1)
Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulangan bo’lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar ham teng bo’ladi:
(2) Iste’molchilar parallel ulanganda, har bir o’tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo’ladi. Kalit ulanganda birinchi ampermetr I1 = 0,6 A ni, ikkinchi ampermetr esa I2 = 0,4 A ni ko’rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi ampermetr I = 1 A ni ko’rsatadi. Demak, parallel ulangan birinchi va ikkinchi lampochkalardan o’tayotgan I1 va I2 tok kuchlarining yig’indisi I to’liq tok kuchiga, ya’ni zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o’tayotgan tok kuchiga teng bo’ladi: