8-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə64/71
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159399
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
7-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.918

035-Amir Temur vorislari o'rtasida taxt uchun kurash (16)

Savollar va javobi


1. Amir Temur qachon va qayerda vafot etgan edi?
 1405 yil 18 fevralda, O'trorda
2. Amir Temur vafotidan oldin kimni o'zining vorisi etib tayinlagan edi?
 Pirmuhammadni
3. Qachon Xalil Sulton Samarqandda taxtni egallab o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qilgan edi?
 1405 yil 18 martda
4. Taxtni noqonuniy yo'l bilan egallab olgan Xalil Sultonga qarshi kimlar birinchi bo'lib bosh ko'targan edilar?
 Amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin
5. Xalil Sultonga qarshi chiqib, Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z hokimiyatini o'rnatishga qarshi chiqqan shaxsni aniglang.
 Sulton Husayn Mirzo
6. Xalil Sultonga qarshi Amudaryodan kechib o'tib Nasafga tomon qo'shin tortgan kim edi?
 Pirmuhammad
7. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida G'arbiy Eron va Ozarbayjonda kimlar hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar?
 Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzo
8. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida Turkiston, Sabron, O'tror va Sayramda kim hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar?
 Berdibek
9. Xalil Sulton Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan davrda Xorazmni kim bosib oladi?
 Idiku
10. 1407 yil 22 fevralda….
 Pirmuhammad fitnachilar qo’lida o’ldirildi
11. Qachon Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'lgan edi?
 1408 yil 22 aprelda
12. Mironshoh vafotidan keyin qaysi hududlar Temuriylar qo'l ostidan chiqib ketgan edi?
 Ozarbayjon va Iroq
13. 1409 yilning bahorida kim O'ratepa va Shoxruxiya shaharlarni egallab, Samarqandga yurish qilgan edi?
 Amir Xudoydot
14. Amir Xudoydot qayerda bo'lib o'tgan jangda Xalil Sultonni asirga olgan edi?
 Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo'yida
15. Besh yil davom etgan o’zaro kurash va isyonlardan keyin kim Temuriylar davlatida tinchlik o’rnatishga muvaffaq bo’lgan edi?
 Shohrux
16. Qachon Shoxrux Mirzo Amudaryoni kechib o'tib, Samarqandni egallagan va Amir Temur davlatining ikkala qismida ham tinchlik o'rnatgan edi?
 1409 yil 25 aprelda



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin