29-30-Qadimgi Yunoniston madaniyati (32)
Testlar
1. Yunon maktablarida bolalar ikki yillik harbiy ta’limning birinchi yilida nimani o’rganishgan?
A) safda yurish,
qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni
B) safda yurish; qurol taqib yurish.
C) otda salt yurish; mushtlashish.
D) ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni.
2. Yunon maktablarida o’g’il bolalar harbiy ta’limning ikkinchi yilida nima o’rganishgan?
A) Attikaning chegara qal’alarida harbiy xizmatni o’tagan va Pirey portida dengizchilik san’ati
o’rganishgan
B) safda yurish; qurol taqib yurishni
C) Pirey portida dengizchilik san’ati o’rganishgan
D) Attikaning chegara qal’alarida harbiy xizmatni o’tagan.
3. Olimpiya o’yinlari qachon ilk bora o’tkazilgan?
A) mil.avv.767-yilda
B) mil.avv.776-yilda
C) milodiy 767-yilda
D) mil.avv.394-yilda
4. Yunonistonda Olimpiya o’yinlari qaysi xudo sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan?
A) Gerakl
B) Uran
C) Zevs
D) Afina
5. Afsonalarga ko’ra Olimpiada o’yinlarining asoschisi kim bo’lganligini aniqlang.
A) Gerakl
B) Zevs
C)
Perikl
D) Makedoniyalik Aleksandr
6. Yunonistonda Olimpia o’yinlarida kimlar ishtirok etishga haqli bo’lgan?
A) barcha sportchilar
B) asir olingan gladiyatorlar
C) jinoyat sodir etmagan ozod yunonlar
D) ota-onasi afinalik bo’lgan fuqarolar
7. Yunonistonda sportchilar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatish uchun nima qilishi
kerak
bo’lgan?
A) to’la haq-huquqlarga ega bo’lishi kerak
B) armiyada xizmat qilgan bo’lishi kerak
C) musobaqalarda 3 karra g’alaba qozongan sportchi bo’lishi kerak
D) jinoyat sodir etmasligi kerak bo’lgan
8. Yunonistonda alohida yugurish bo’yicha musobaqalar kimlar uchun o’tkazilar edi?
A) barcha sportchilar uchun
B) ayollar uchun
C) o’smirlar uchun
D) erkaklar uchun
9. Qachondan boshlab Olimpia o’yinlari o’tkazilmasdan qolgan?
A) 1896-yildan
B) mil.avv.776-yildan
C) 776-yildan
D) 394-yildan
10. Zamonaviy Olimpia o’yinlari qachon qayta tiklangan edi?
A) 1896-yil
B) 394-yil
C) 1869-yil
D) 776-yil
11. Yunonlar qachon Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan?
A) mil.avv.1500-yil
B) mil.avv.1100-yil
C) mil.avv.1450-yil
D) mil.avv.1200-yil
12. Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelenani kim Troyaga o’g’irlab ketgan edi?
A) Troya podshosining o’g’li Leonid
B) Troya podshosining o’g’li Paris
C) Troya podshosining o’g’li Odissey
D) Troya podshosining o’g’li Axilles
13. Yunonlar Troyani necha yil natijasiz qamal qilganlar?
A) 7 yil
B) 8 yil
C) 10 yil
D) 9 yil
14. Troya urushining oxirgi o’ninchi yili haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.
A) «Iliada» dostoni
B) «Sinuxet haqida hikoya»
C) «Troya»
D) «Argonavtlar» dostoni
15. Kimning maslahati bilan yunonlar Troya urushida «Troya oti»ni yordamida g’alaba qozongan
edilar?
A) Odissey
B) Paris
C)
Gomer
D) Axilles
16. «Iliada» dostonining bosh qahramoni kim bo’lganligini aniqlang.
A) Perikl
B) Paris
C) Axilles
D) Odissey
17. «Iliada» va «Odissey» poemalarining muallifini aniqlang.
A) Sofokl
B) Gerodot
C) Gomer
D) Aristofan
18. Yunonistonda qaysi yozuvchi so’qir bo’lib yurtma-yurt kezib cholg’u asbobi jo’rligida o’z
she’rlarini kuylab yurardi?
A) Gomer
B)
Suqrot
C) Demosfen
D) Demokrit
19. Qaysi olim XIX asrning oxirida Gomer hikoyalarini tadqiq qilib Troya joylashgan yerni
aniqlagan?
A) G.Shlimann
B) A.Okladnikov
C) F.Shamapolyon
D) K.Rixtgofen
20. Troya xarobalarini Genrix Shlimann qachon va qayerdan topgan edi?
A) 1870-yil Turkiyada Hisorlik tepaligidan
B) 1877-yil Turkiya Anqara shaxridan
C) 1877-yil Amudaryoning chap qirg’og’idagi Qunduz shaxridan
D) 1870-yil Misrda Rozett shaxridan
21. Yunonistonda teatr qachon dunyoga vujudga kelgan edi?
A) bundan ikki yarim
ming yil muqaddam
B) bundan uch yarim ming yil muqaddam
C) bundan ikki ming yil muqaddam
D) bundan uch ming yil muqadda
22. «Teatr» so’zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
A) «kattalar uchun maktab»
B) «tomoshalar uchun joy»
C) «katta sahna»
D) «echkilar qo’shig’i»
23. Yunoniston teatrlarida qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan pyesalar nima deb
atalgan?
A) trilogiya
B)
tragediya
C) drama
D) komediya
24. «Shoh Edip», «Antigona» singari mashhur tragediyalarni muallifini aniqlang.
A) Gomer
B) Sofokl
C) Gerodot
D) Aristofan
25. Qadimgi Yunonistonda kim komediyalar ustasi bo’lgan?
A) Demokrit
B) Gomer
C) Sofokl
D) Aristofan
26. Aristofan yozmagan asarlarni aniqlang.
A) «Arilar»
B) «Qushlar»
C) «Antigona»
D) «Baqalar»
27. Qadimgi Yunonistonda qachondan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat
binolari toshdan
qurilib boshlangan?
A) mil.avv.VII asrda
B) mil.avv.VI asrda
C) mil.avv.I asrda
D) mil.avv.V asrda
28. Tarixchilar qaysi davlat haqida «tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko’proq» deb
yozishgan edilar?
A) Rim
B) Misr
C) Sparta
D) Afina
29. Afinada qaysi haykaltarosh Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik
qilgan?
A) Fidiy
B) Miron
C) Dedal
D) Poliklet
30. Yer yuzidagi yetti mo’jizaning biri hisoblangan Olimpiyalik Zevs haykalini qaysi haykaltarosh
yasagan edi?
A) Dedal
B) Poliklet
C) Fidiy
D) Miron
31. Qaysi haykaltarosh Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan edi?
A) Miron
B) Fidiy
C) Dedal
D) Poliklet
32. Afinadagi qaysi bino yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin
rangidan havorang yoki
kulranggacha o’zgartirib, tuslanib turgan?
A) Panteon ibodatxonasi
B) Kolizey amfiteatri
C) Labirint saroyi
D) Parfenon ibodatxonasi
Dostları ilə paylaş: