1861-yil 19-fevralda Rossiyaimperatori Aleksandr II «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risida»gi Qonunni imzolagan.
1861-yil aprelda AQSHda Shimol va Janub o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lib o‘tgan.
1861-yilgi islohot natijasida Rossiyada krepostnoy huquq yemirilgan.
1861-yili Birlashgan Italiya qirolligi tashkil etilgan.
1863-yili Do‘st Muhammadxon vafot etgan.
1863-yili Do‘st Muhammadxonning o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash avj olgan.
1863-yili Koreyada 12 yoshli Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga o‘tqazilgan.
1864-yili butun Kavkaz Rossiya tarkibiga kiritilgan.
1864-yili Xitoy hukumati qo‘shinlari Nankin shahrini ishg‘ol qilgan.
1865-yil aprelda AQSHda fuqarolar urushi tugagan.
1865-yil dekabrdaAQSHda qullik bekor qilingan.
1866-1919-yillari Germaniyada Shimoliy Germaniya Konstitutsiyasiga amal qilingan.
1866-yiliAQSH Kongressi tomonidan konstitutsiyaga tuzatish kiritilgan. 1866-yili AQSHda qora tanlilarning fuqarolik va siyosiy huquqlari oq tanlilarniki bilan tenglashtirilgan
1866-yili Avstriya qo‘l ostida qolgan Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingan.
1866-yili Bismark Germaniyada mavjud davlatlarning Prussiya bilan «Shimoliy Germaniya Ittifoqi»ni tuzish haqidagi shartnomani imzolashlariga erishgan.
1866-yili Prussiya Avstriya ustidan qozongan.
1867-yiliBuyuk Britaniya Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo‘lgan.
1867-yili Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti o‘tkazilgan.
1867-yili Buyuk Britaniyada shaharlarda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berilgan.
1867-yili Efiopiyada Kassa hokimiyati ag‘darilgan.
1867-yili Mutsuxitoga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirilgan.