8-sinflar uchun chizmachilik fanidan


Yangi mavzu bayoni: Ko`rinishlar. Bosh va asosiy ko`rinishlar. Qo`shimcha va mahalliy ko`rinishlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə5/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#123950
1   2   3   4   5   6   7
8-sinflar uchun chizmachilik fanidan

Yangi mavzu bayoni: Ko`rinishlar. Bosh va asosiy ko`rinishlar. Qo`shimcha va mahalliy ko`rinishlar.
Ko`rinish deb – buyumning kuzatuvchiga nisbatan ko`rinib turgan tomoni tasviriga aytiladi.
Ko`rinishlar bosh va asosiy ko`rinishlarga bo`linadi. Buyum haqida eng ko`p ma`lumot beradigan ko`rinish bosh ko`rinish deb ataladi. Bosh ko`rinish frontal (V) proyeksiyalar tekisligiga chiziladi. Bosh ko`rinish shunday joylashtirilishi kerakki, buyumning shakli va o`lchamlari tog`risida tasavvur qilish imkoni bo`lsin.
Detal chizmasi chizilayotganda ko`rinishlar soni eng kam bo`lishiga, ammo unda detal to`g`risida to`liq ma’lumot berilishiga harakat qilinadi.
Asosiy proyeksiya tekisliklari sifatida kubning olti yog`i qabul qilingan:


1-chizma


2-chizma
Buyumning frontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni olddan ko`rinish yoki bosh ko`rinish, buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni ustdan ko`rinish va buyumning profil proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni chap tomondan ko`rinish deb ataladi.
Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (2-chizma).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlarda buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Chizmada asosiy ko`rinishlar proyeksion bog`lanishda bo`lsa, u holda ko`rinish nomi yozib ko`rsatilmaydi. Chizma qog`ozidan unumli foydalanish maqsadida ko`rinishlarni o`zaro proyeksion bog`lanishda chizmaslikka ham ruxsat etiladi. U holda ko`rinish ustida uning nomi (A ko`rinish) yozib ko`rsatiladi va osti chiziladi, ko`rinish yo`nalishi strelka bilan ko`satiladi (3-chizma). Chizmada strelka va yozuvlar 4-chizmada ko`rsatilgan o`lchamlarda bajariladi.


3-chizma

4-chizma
Qo`shimcha ko`rinish. Agar buyum sirtidagi bir qismnining shakli va o`lchamlarini ko`rinishlarning birortasida ham aniq ko`rsatish mumkin bo`lmasa, u holda bu qism alohida tanlab olingan tekislikda bajariladi va u qo`shimcha ko`rinish deb yuritiladi. Qo`shimcha ko`rinish buyum sirtini chegaralovchi tekislikka parallel qilib olinadi va chizma tekisligiga joylashtirib chiziladi.
5-chizmada berilgan detal qiya qismga ega. Uning qiya qismidagi silindr aylanasi ustdan va chapdan ko`rinishlarda o`zgarib eilips shaklida proyeksiyalangan (5-chizma, a). Shu sababli detal qismiga parallel qilib qo`shimcha P tekislik olinadi, qiya .qism o`sha P tekislikka proyeksiyalanadi va-chizmada ioylashtiriladi (5-chizma, b).

a b
5-chizma
Agar qo`shimcha ko`rinish proyeksion bog`lanishda bo`lsa, unda “ko`rinish” so`zi yozib ko`rsatilmaydi (6-chizma, a), Aks holda qo`shimcha ko`rinish chizmada A ko`rinish tarzida yozib ko`rsatiladi (6-chizma, b). Zarur bo`lganda qo`shimcha ko`rinishni burib ko`rsatishga ruxsat etiladi. U holda “ko`rinish” so`zi yonida yoki ostida “burilgan” so`zi qo`shib yoziladi (6-chizma, c).

6-chizma

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin