8-sinflar uchun chizmachilik fanidan



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#123950
1   2   3   4   5   6   7
8-sinflar uchun chizmachilik fanidan

Yaqqol tasvir nomi

A

Б

В

Г

Д

Olddan ko`rinish

12













Ustdan ko`rinish

6













Chapdan ko`rinish

3



















Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi:


Nazorat uchun savollar

  1. Ko`rinish deb nimaga aytiladi?

  2. Bosh ko`rinish deb nimaga aytiladi?

  3. Bosh ko`rinish qaysi proyeksiyalar tekisligiga chiziladi?

Amaliy topshiriqlar

    1. O`quvchilarga uyda bajarib kelish uchun sodda geometrik jismlardan tuzilgan aksonometriyalar tarqatiladi.

    2. Darslik kitobdagi o`tilgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob topish, mavzuni o`qib kelish, zarur atama va ma’lumotlarni daftarga ko`chirib yozish.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Ikrom Rahmonov “Chizmachilik” 8-sinf, “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2010

  2. I. Rahmonov A. Abdurahmonov “Chizmachilikdan ma’lumotnoma”, Toshkent-2003

    1. J.Y.Yodgorov, T.R. Sobirov, N.J.Yodgorov “Geometrik va proyeksion chizmachilik” “Fan” nashriyoti-2007



Dars ishlanmasiga annotasiya
Ta’lim jarayonining qaysi bosqichida bo`lishidan qat’iy nazar, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`naltirish asosida tashkil etishi milliy tarbiyashunoslikning maqsadiga muvofiq keladi.
Yangi pedagogik texnologiya asosida “AutoCAD” muhandislik dasturi, aqliy hujum, og`zaki savol-javob, tushuntirish, test, qiziqarli chizma topshiriqlari bilan ishlash kabi qator usullarni qo`llab, yaxshi natija berishini tajribamda sinadim.
Qiziqarli chizma testlar o`quvchilarning ko`rinishlar haqidagi tasavvurini va ilmiy dunyoqarashini oshiradi. Chizma taxminiy emas, u ongli tarzda chizishga undaydi. Shu sabab, darsda qiziqarli chizma testlarni qo`llashga, “AutoCAD” muhandislik dasturi esa detallarning oltita tomoni ko`rinishlarini ham tezda anglab olishga yordam berayotganligi bois bu dasturdan kengroq foydalanishga jazm etdim. Bu dastur yordamida ko`rinishlar, proyeksiyalar, kesimlar, qirqimlar va qurilish chizmalari mavzularida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishda yuksak natijaga erishganim uchun muhandislik dasturlaridan foydalanish samarali ekanligini tajribamda sinadim.
O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linib, har bir savol uchun bir daqiqa davomida bahs yuritadi. Qaysi guruh faolligi kuchli bo`lsa, shu guruh g`olib sanaladi. Shuningdek, bahs davomida: “Kechirasiz, so`zingizni bo`ldim”, “Mumkinmi, so`zlasam”, “To`g`ri aytasiz”, “Uzr, fikringizga biroz e’tirozim bor” kabi jumlalar bilan boshlashlari shart. Bu orqali o`quvchilarning nutq madaniyati shakllanib boradi. O`quvchilarning toliqib qolishi inobatga olinib, “Zakovatli zukko” usuli orqali o`quvchilarning xotirasi mustahkamlandi.
Quyida bir soatlik dars ishlanmasini hamkasblarim diqqatiga havola etmoqdaman.
Chizmachilik fani o`qituvchisi: Sh. Toshpo`lotov.
Tanlangan dars mavzusining o`zlashtirish qiyinchilik darajasi nuqtai nazardan asosnoma

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun o`quv dasturlarini optimallashtirilgan dasturlarga moslashtirish maqsadida Respublika ta’lim markazining 2010-yil 22-sentabrdagi 62- buyrug`i qabul qilindi. Jumladan, 8-sinf chizmachilik fanidan o`qitiladigan dasturga “Ko`rinishlar. Bosh va asosiy ko`rinishlar” mavzusi murakkab mavzular sirasiga kiradi . Shu sababli bu mavzuda AKTlardan foydalanilishi va qo`shimcha muhandislik dasturlaridan foydalangan holatda o`qitilishi tavsiya qilinadi.


Chizmachilik fani o`qituvchisi: Sh. Toshpo'lotov



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin