Mahalliy ko`rinish. Buyum sirtining ayrim tor joyini chegaralab bajarilgan tasviri mahaliy ko`rinish deyiladi. Mahaliy ko`rinish sirtning biror tomoni ko`rinishini to`liq chizishga zarurat bo`lmaganda, uning kerakli joyi tasvirini chizishda qo`llaniladi.
7-chizmada buyumning ikkita joyi ko`rinishi ko`rsatilgan. Qo`shimcha ko`rinishdagi kabi bu yerda ham ko`rinishlar strelka va “A ko`rinish” va “B ko`rinish” yozuvlar bilan ko`rsatiladi.
7-chizma
Detalning olti tomonidan ko`rinishini AutoCAD dasturi yordamida o`rganamiz va yangi detal chizmalarini chizamiz:
Detalning yaqqol tasviri
Detalning bosh ko`rinishi
Detalning ustdan ko`rinishi
Detalning chapdan ko`rinishi
Detalning o`ngdan ko`rinishi
Detalning ostdan ko`rinishi
Detalning orqadan ko`rinishi
Atama, tayanch tushuncha va nomlar Ko`rinish, proyeksiya, bosh ko`rinish, frontal, gorizontal, profil, proyeksiya tekisligi, kompleks chizma.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida ekranga detal aksono-metriyasi tushiriladi, bu chizmaning uchta (bosh, ustdan va chapdan) ko`rinish-lari o`quvchilar tomonidan chiziladi. O`qituvchi o`quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarga qarab 5 ballik tizimda baholaydi.
Qiziqarli chizma test. Bu testda o`quvchilar berilgan yaqqol tasvirning uch tomondan (olddan, ustdan va chapdan) ko`rinishini topishlari kerak.
Masalan: “A” yaqqol tasvirning olddan ko`rinishiga “12” chizma tog`ri keladi.