84
STEAM ta’lim texnologiyasidan maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida
foydalanish imkoniyatlari.
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
magistranti Raxmatova Maftuna O’ktamjon qizi
Shaxrisabz shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
8-DMTT tarbiyachisi Muhammadeyeva Zilola
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonzviy ta’lim
shakllari va ularning
dunyo ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritilib zamonaviy ta’lim
shakllaridan hisoblangan STEAM ta’limning rivojlanishi, nazariy asoslari,
imkoniyatlari, yutuqlari haqida keng molohaza yuritilgan. Maktabgacha ta’lim
tizimida STEAM ta’limidan foydalanish afzaliklari va bu ta’lim
shaklining fan
sifatida ta’lim muassasalarida o’qitilayotganligi asoslab o’tilgan.
Kalit so’zlar: STEAM, fan, texnologiya, muhandislik, san’at,
matematika,
dual ta’lim, enkuliziv ta’lim, eksternat ta’lim, masofaviy ta’lim.
O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilinib borilayotgan uzluksiz ta’lim
tizimida bugungi kunda rivojlangan Yevropa davlatlari ta’lim tizimi tajribasidan
na’muna olish orqali dunyo ta’limi bilan yuzlasha olishm,
tajriba almashish,
raqobatga kirishish, uzluksiz aloqada bo’lish ishlari sezilarli darajada
rivojlanmoqda. Jumladan dual ta’lim, enkuliziv ta’lim, eksternat ta’lim, masofaviy
ta’lim va STEAM taʼlim shakllari fikrimizga yaqqol misol bo’loladi. Mazkur ta’lim
shakllaridan bugungi kunda keng foydalanilib yuqori natejalarga erishilmoqda.
Hozir biz fikrimizni STEAM taʼlim texnologiyasi haqida davom etiramiz.
STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi ta’lim
bitiruvchilarning martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va
matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda
shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika).
Keyinchalik bu
tushunchalarga Art qo’shildi va endi STEAM butunligicha shakllandi. O’qituvchilar
ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori
85
malakali mutaxassis bo’lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashdi. STEAM
yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu
jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan
chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon
mehnat bozoridagi
tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy
bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga olib keladi, bu esa bu ta’lim
texnologiyasining keng yoyilishiga sabab bo’ladi.
STEAM yondashuvining eng
mashhur namunasi – Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu dunyo
universitetining shiori “Mens et Manus” (Aql va qo’l). Massachusets Texnologiya
Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o’rganish va tanishish
imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim
muassasalarida STEAM o’quv markazlarini yaratdi.
Statistikaga ko’ra, 2011-yildan buyon STEAM-kasblarga bo’lgan
talab
darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo’lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa
butun dunyo bo’ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko’rsatadi.Lekin bunday
yuqori talab nima bilan bog’liq? Ko’pgina mamlakatlarda STEAM-ta’lim ba’zi
sabablarga ko’ra ustuvor ahamiyatga ega.Yaqin kelajakda dunyoda va shuning
uchun O’zbekistonda
muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish
mutaxassislariga talab juda yuqori bo’ladi.Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan
birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan
kasblarga ega bo’lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab
bo’ladi.
Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli
sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo’ladi.STEAM taʼlim
texnologiyasi ta’limni yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish
metodikasidan farqli metodikadan keng foydalanilishida ko’rinadi.
Bu ta’lim texnologiyasida bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science),
texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art),
matematika (Math) boʻyicha oʻqitish amalga oshiriladi. STEAM fan boʻyicha emas,
balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. STEAM taʼlimi
amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash