Budjet nazorati - Moliyaviy-iqtisodiy nazoratning tarkibi qismi sifatida mamlakatning barcha darajadagi budjetlarini qonuniy, maqsadli va samarali shakllantirish, taqsimlash va foydalanish, budjet daromadlari tushumini ko`paytirishning qo`shimcha manbalarini aniqlash, budjet-soliq intizomini yaxshilashni tekshirish bo`yicha davlat organlari tomonidan olib boriladigan tadbirlar yig`indisidir.
Budjet intizomi - Budjet tizimi va budjet jarayonlarida vujudga keladigan, barcha bosqichlarda qonun, budjet tizimining asosiy tamoyillari, budjet tizimi to`g`risidagi me`yoriy hujjatlar, yo`riqnoma va tartiblar talablariga amal qilinishining budjet nazorati orqali ifodalanishi
Budjet va budjetdan tashqari jamg`armalar mablag`larining banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi harakatini qonuniyligini va o`z vaqtidaligini nazorat qilish;
Soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarini, hududlarga davlat dotatsiyalari, subvensiyalari va transfertlari va boshqalarni taqdim etishda moliyaviy qonunbuzorchiliklari aniqlash, aybdor shaxslarni jazolash bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Budjet-soliq intizomini yaxshilash maqsadida profilaktika, ma`lumot-tushuntirish ishlarini olib borish.