oshgan sari fotosintez jarayonining tezligi kamaya boradi va nihoyat yoritilganlikning
biror qiymatida “yorug„likka to„yinishi” ro„y beradi.
Yorug„lik intensivligining keyingi oshishi fotosintezni tezlashtirmay qo„yadi.
Fotosintezning intensiv borishi uchun yoritilganlikning optimal intervali ham turli
o„simliklarda har hil qiymatga ega. Masalan, g„o„za uchun 50-70 klk pomidor, tarvuz,
qovunlar uchun 30-40 klk bodring va karamlar uchun 20-30 klk optimal yoritilganlik
deb qaraladi.
SHunday qilib, qishloq ho„jalik ekinlarining hosildorligini
oshirish uchun
agrotexnika qoidalari bilan bir qatorida, ekinlarini to„g„ri joylashtirish, ekish - optimal
yorug„lik rejimini yaratishga ham alohida e‟tibor berish kerak. SHuning uchun qishloq
xo„jalik xodimlari ekinlarga dala sharoitida zaruriy optimal yorug„lik rejimi va uni
o„lchash haqida etarlicha bilimga ega bo„lishlari kerak.
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida tabiy yoritilganlikdan tashqari, yorug„likning
turli xil sun‟iy manbalardan ham keng ko„lamda foydalaniladi. Masalan,
mamlakatimizning shimoliy rayonlari teplitsalarida sabzavot (pomidor yoki bodring)
ko„chatlarining o„sishi va rivojlanishining tezlashtirish hamda tabiy yoritilganlik
kamaygan oylarda uning o„rnini
qoplash uchun, ekinlar qo„shimcha ravishda sun‟iy
yorug„lik manbalari bilan nurlantiriladi. SHu maqsadda quvvati xar xil cho„g„lanma,
lyuminessent lampalardan keng foydalanilmoqda. Nixoyat kishilarning yashash va
ishlash joylaridagi yoritilganlik ham normal bo„lishi kerakligini qayd qilib o„tamiz.
Binobarin, yoritilganlikni o„lchash va boshqarish ilmiy va amaliy jixatdan ahamiyati
katta.
YOritilganlikni o„lchash uchun ishlatiladigan asboblar lyuksmetrlar deb yuritiladi.
Biz bu laboratoriya ishida YU - 116 tipdagi lyuksmetrdan tabiiy yoritilganlikni,
cho„g„lanma va lyumenessent lampalar nurlanishidan xosil bo„ladigan yoritilganlikni
o„lchash usullari bilan tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: