9 fevral Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir,davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501yil) tavallud kuni va


- o‘quvchi Necha nafing‘a bo‘lursan tobe, Necha umringni qilursan zoe. 2-boshlovchi



Yüklə 24,1 Kb.
səhifə5/5
tarix21.01.2023
ölçüsü24,1 Kb.
#80055
1   2   3   4   5
9 fevral 14-FERALLAR

5- o‘quvchi
Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoe.
2-boshlovchi:
Endi tadbirimizga tashrif buyurgan tarixchi olimimizga so‘z beramiz.
1-boshlovchi:
Bobur Hindistonda shoh bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.
1-boshlovchi:
U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini his etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur: -Ruhsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning hush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan –mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
1-boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2–boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e’tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.
1– boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:
Bormu erkin hech nima olamda
hijrondin yamon.
Har nekim ondin yamonroqdur,
budur ondin yamon .
Yüklə 24,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin