9-Ma’ruza: Kuydirishning nazariy asoslari. Sement olish uchun xom ashyolar tarkibi. Reja



Yüklə 23,71 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü23,71 Kb.
#191491
  1   2
9 mavzu (1)


9-Ma’ruza: Kuydirishning nazariy asoslari. Sement olish uchun xom ashyolar tarkibi.
Reja:
1. Kuydirishning nazariy asoslari.
2. Sement olish uchun xom ashyolar tarkibi.
Tayanch so‘zlar:Kuydirish, Sement, Xom ashyo, Alit, Belit, Selit.
Sement (lotincha: caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sementning romansement, ‘ortlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabi turlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha ‘ast boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab ‘ortlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va minerallashgan suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi ‘ortlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gi’s ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yo’ish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali ‘ortlandsement (baʼzan "‘utssolan ‘ortlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (tre’el, diatomit, trass, ‘emza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement ‘ortlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodo’rovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi.
‘ortlandsement bu klinkerni mayda kilib tuyib olingan maxsulotdir. Klinker xom ashyo aralashmasini (75% SaSO3 – oxaktosh va 25% gil tu’rok) ‘ishgunicha kizdirib, tarkibida kalsiy silikat (70…80%), alyuminat va alyumoferrit fazalari (20…30%) xosil bulgandagi donador maxsulotdir. Maydalab tuyish vaktida klinkerga 3…5% mikdorida gi’s kushiladi.
Sementga suv kushib aralashtirilgan vaktda tarkibidagi gi’s suvda eriydi. Sementni suv bilan uzaro birikish jarayonida (gidratatsiya vaktida) gi’s uch kalsiyli alyuminat bilan boglanib 3CaOAl2O33CaSO4  31N2O– gidrosulfoalyuminat kalsiy deb ataladigan yukori sulfatli kurinishga ega bulgan, tabiy etringitga uxshash mineralga aylanadi. Gidrosulfoalyuminatni xosil bulishi sementni kotishini 3-5 soatga sekinlashtirishga imkon beradi.

Yüklə 23,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin