9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Botqoq - o‘tloqi va botqoq - saz tuproqlar



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə67/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Botqoq - o‘tloqi va botqoq - saz tuproqlar. Bunday tuproqlar sizot suvlari yuza joylashgan ( 1m ga) pastliklarda tarqalgan. Botqoq o‘tloqli saz tuproqlar tarkibida gumusning xiyla ko‘p bo‘lishi, tuproqlarining kuchli mergellanganligi va sho‘xli qatlamlarining yaxshi ifodalanishi, sho‘rlangan tuproq ayirmalarida esa arzik uchrashi bilan allyuvial tuproqlardan farq qiladi. Bu tuproqlarning ko‘pchilik qismi sug‘oriladi. Ko‘pgina maydonlariga sholi ekiladi.Botqoq tuproqlar sizot suvlari yarim metr chuqurlikka yetgan juda pastlik joylarni tashkil etadi. Bular orasida gleyli - botqoq tuproqlar ko‘proq bo‘lib, torf-gleylibotqoq tuproqlar va sel oqindilari bilan qoplangan torfli yerlar xam uchraydi.
Botqoq-o‘tloqli tuproqlar xam tarkibidagi gumus miqdoriga qarab, to‘q tusli va och tusli tuproqlarga bo‘linadi.
To‘q tusli botqoq o‘tloq tuproqlarda gumus miqdori 3-8%, och tusli botqoq o‘tloqli tuproqlarda esa 1,5-3% atrofida bo‘ladi.
Bu tuproqlar azot (0,45%gacha) va fosforga (0,17-0,22 foiz) boy. Pastga qarab karbonatlar miqdori orta boradi.Sizot suvlari yuvib (eritib) o‘tgan pastki qatlamlarda karbonatlar eng ko‘p bo‘ladi.

Mergellashgan shox qatlami botqoq-o‘tloqli va o‘tloqli saz tuproqlarning fizikaviy xossalari nixoyatda ѐmon bo‘ladi. Shox qatlamlarning xajmiy og‘iriligi yuqori (2,13 g/sm3 ) umumiy g‘ovakligi 13%ga tushadi. Umuman, bu tuproqlarning pastki qatlamlari ancha zichlashgan (26-jadval). G‘ovakligi 29-30%. Zovurlar qazilib meliorativ xolati yaxshilangandagina bu tuproqlarga chigit ekish mumkin. Yoyilmalarning chekkalaridagi sho‘rlangan tuproqning ayirmalarini yuvish kerak.Botqoq tuproqlar orallar kabi uchraydi. Ularda gumus miqdori kam (1,2-2,5%).Bunday tuproqli yerlarning ko‘p qismiga sholi ekib foydalanish mumkin.


14.3.3-jadval
Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi gidromorf tuproqlarning fizikaviy va suv-fizikaviy xossalari




Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin