9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə70/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

15.2.1-jadval
Tuproq-gruntlardagi asosiy suvda oson eruvchi tuzlar

Xloridlar

Sul’fatlar

Karbonatlar

Bikarbonatlar

NaCl
(natriy xlorid)

Na2SO4
(natriy sul’fat)

Na2CO4
(natriy karbonat)

NaHCO3
(natriy bikarbonat)

MgCl2
(magniy xlorid)

MgSO4
(magniy sul’fat)

MgCO3
(magniy karbonat)

Mg(HCO3)2
(magniy bikarbonat)

CaCl2
(kal’siy xlorid)

CaSO4•2H2O
(kal’siy sul’fat)

CaCO3
(kal’siy karbonat)

Ca(HCO3)2
(kalsiy bikarbonat)

Ushbu tuzlardan 4 xili, ya’ni Mg(CO3)2, CaSO4∙2H2O, CaCO3 va Ca(HCO3)2 tuzlari deyarli zararsiz. Bular ichida eng zararsiz tuz gips (CaSO4) va ohak (CaCO3) hisoblanadi. Qolgan 8 xil tuzlar o‘simliklar uchun zaharli, ayniqsa eng xavflisi Na2CO3 va keyingi o‘rinda MgCl2 toksik tuzlari hisoblanadi.


SHo‘rhoklar, qabul qilingan tuproqlar sistematikasiga ko‘ra:
Avtomorf – grunt suvlari chuqur joylashgan maydonlarda o‘zida tuz ushlangan jinslardan.
Gidromorf – minerallashgan grunt suvlari ta’sirida hosil bo‘lgan sho‘rhoklarga bo‘linadi.
Avtomorf sho‘rhoklar quyidagi tipchalarga: tipik - qoldiq, qaytalangan va taqirlashgan;
Gidromorf sho‘rhoklar esa - типик, ўтлоқи, ботқоқ, шорли (сор), лойвулқонли ва тепа-дўнглик tipchalariga bo‘linadi. Yana sho‘rhoklar sho‘rlanish ximizmi (tipi)ga qarab xloridli, sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli, sulfatli, soda-xloridli, soda-sulfatli, xlorid-sodali, sulfat-sodali, sulfat yoki xlorid-gidrokarbonatli turkumlarga hamda sho‘rlanish manbalariga ko‘ra - litogenli, qadimiy gidromorfli va biogenli turkumlarga ajraladi.
Shuningdek, sho‘rhoklar tuproq profilidagi tuzlarning tarqalish xarakteriga ko‘ra: ustki, yuzaki (agar tuzli qatlam 0-30 sm da tarqalgan bo‘lsa) va chuqur profilli (agar butun profil sho‘rhoklar darajasida sho‘rlangan bo‘lsa) guruhlarga bo‘linadi. Morfologik tashqi ko‘rinishga ko‘ra sho‘rhoklar - mayin, qatqaloq, qora va ho‘l guruhlarga bo‘linadi. Qatqaloq sho‘rhoklarning betida yupqagina tuz qavati (qatqaloq) hosil bo‘ladi va bu qatqaloq tarkibida asosan xlorid tuzlar (NaCl) bo‘lib, sulfatlar oz uchraydi. Mayin sho‘rhoklarning ustki qavati quruq, g‘ovak va juda mayin bo‘ladi, kishi oѐg‘i oson botadi va iz tushadi. Bu xildagi sho‘rhoklar tarkibida asosan sulfatlar, ayniqsa Na2SO4 ko‘p bo‘ladi. Qora sho‘rhoklarda soda (Na2CO3) ko‘p bo‘lganligidan tuproq gumusi tarkibidagi gumin kislota eriydi va qora tus hosil qiladi. Ho‘l sho‘rhoklar tarkibi asosan CaCl2 ва MgCl2 tuzlaridan iborat bo‘ladi.
SHo‘rhoklarda tarqalgan o‘simliklar onda-sonda, yakka-dukka tarzda rivojlangan bo‘lib, ular sho‘ra o‘simliklarini turlik o‘rinishlarini namoyon qiladi (sertuz va yuqori osmotik bosimli tuproq eritmasida haѐt kechirishga moslashgan qorasho‘ra, sarsazan, sho‘ra, burgan, shuvoq, kurmak kabilar) va ildiz sistemalarining chuqur ketishi va kul moddasining yuqori miqdorda bo‘lishi bilan farqlanadi. SHo‘ralarning ayrim turlarida kul elementlarining miqdori 20-30% ni tashkil etadi. Kul tarkibida xlor, oltingugurt, natriy elementlari ko‘proq uchraydi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin