Hujum tushunchasi. Hujum tushunchasi - buzg‘unchining biror bir maqsad
yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini
buzishga qaratilgan harakati.
Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari. Axborot hujumlari
odatda 3 ga bo‘linadi:
1. Ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.
2. Ob’ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
3. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish hujumi.
Axborot hujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot
kommunikatsiya tizimi ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda
qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo
ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida
keltirish mumkin.
Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi
bitimga muvofiq hamkorlikni amalga oshirish jarayonida Tomonlar xalqaro
axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud quyidagi asosiy tahdidlardan
kelib chiqadi:
1) Informatsion urushga tayyorlanish va olib borish, informatsion qurolni
ishlab chiqish va qo‘llash;
2) axborotga oid terrorizm;
3) axborotga oid jinoyatchilik;
4) axborot makonida boshqa davlatlarning manfaatlari va xavfsizligiga zid
ravishda ustunlik mavqedan foydalanish;
5) Boshqa davlatlarning o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy, madaniy, axloqiy jabhalariga ziyon еtkazuvchi ma’lumotlarni tarqatish;
6) Tabiiy va (yoki) texnogen xarakterga ega global va milliy information
infrastrukturalarning barqaror ishlashi, xavfsizligiga tahdidlar
O‘qimishli (ayniqsa, biror ishga mas’ul) kishilar aytmoqchi yoki yozmoqchi
bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib, o‘rganib, so‘ng
so‘zlashi maqsadga muvofiqdir.
5.2. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi
Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy,
texnik, ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi
tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar
hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Bu
o‘rinda fanda bevosita xavfsizlik tushunchasiga yaqin ishlatiladigan bir qator
tushunchalarga izoh berish joizdir. Ijtimoiy xavfsizlik – jamiyatda mavjud bo‘lgan
turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni ta’minlash organlari, davlat
muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari,
maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish bilan bog‘liq vazifalarini
o‘z ichiga oladi. Bunda ayrim-alohida tabaqa yoki aholi qatlamining manfaatlari,
ya’ni, ularning yaxshi yashashlari, uzoq umr ko‘rishlari, bir xududdan ikkinchisiga
ko‘chib o‘tishiga aloqador xavfsizlik nazarda tutilmaydi.Milliy xavfsizlik- bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi.