9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə10/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA

Milliy nizo turlari:-fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga;
-tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq kelib chiqadigan
nizolarga; -yakka mehnat nizolariga; -oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga.Diniy tahdidlar. Din - jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu - diniy g‘oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jrayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish yo‘nalishlari turli tumandir.Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra turli
ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga
yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari
bo‘lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy
bo‘linishida bo‘lib qolmoqda. Aynan mana shu bo‘linish sabab turli-xil ziddiyatlar,
qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma’naviy
madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma’naviy
qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo‘lib qolmoqda. Savol: insonni ma’naviy kamolot sari еtaklovchi, uning qalbida yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg‘otish uchun asrlar osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg‘alarning bosilishiga kim yoki nima sabab bo‘lmoqda? Albatta javoblar turli tuman bo‘lishi tabiiy, ammo quyida asosiy sabablarni keltirib o‘tamiz: Birinchidan, diniy qarashlar o‘rtasidagi bo‘linishning kelib chiqishi. Umuman, har qanday dinda bo‘linish sabablari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, diniy aqidalarning barqarorligi yoki
kam o‘zgaruvchanligi sababli diniy aqida va jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyot
(inson dunyoqarashidagi o‘zgarish) o‘rtasidagi tafovut sabab bo‘lmoqda. Bundan
tashqari, diniy ta’limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-odatlari
va an’analariga moslashishi natijasida diniy ta’limotga bo‘lgan munosabat
jarayonida ham bo‘linish yuzaga keladi. Natijada turli-xil kuchlar o‘rtasidagi
manfaatlar tuqnashuvi yuzaga kelib, jamiyatning faol sub’yekti hisoblangan inson
va uning qalbi zarar ko‘radi. Ikkinchidan, diniy e’tiqodning siyosiylashuvi. O‘rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimir shunday degan edi: «Din - samoviy ishdir, siyosat - dunyoviy ishdir, din peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta’lim-tarbiya berishlari lozim» Afsuski o‘z vakolati va darajasidan foydalanib, din sofligiga rahna solinishiga sababchi bo‘layotgan «peshvolar» ham topilmoqdaki, ularning faoliyati jamiyat va inson tadrijiyligiga faqat va faqat zarar keltirmoqda. Natijada ular orasidan еtishib chiqqan ayrim yеtakchilar fikricha dinning siyosat va
siyosiy hayotga betarafligi butunlay nojoizdir, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat
qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqish, ijtimoiy hayotda din ustuvorligini
ta’minlash eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ming afsuski bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi
davrda turli yo‘nalishlardan inson ongiga ta’sir etib, nafaqat inson, balki jamiyat
taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid solmoqda. Uchinchidan, din bayrog‘i ostida iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga harakat qilish. Aslida dinning bo‘linishi ham siyosiylashuvi ham iqtisodiy imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, jahon dini hisoblangan buddaviylik ta’limoti jamiyatning kastalarga bo‘linishini inkor etadi. Ammo Hindistondagi ijtimoiy muhit (insonlar o‘rtasidagi tabiiy tabaqalanish) kastalarga bo‘linishni saqlab qoldi, buning natijasida buddaviylik davrida ham tabaqalanish o‘z kuchida qoldi. Mantiqan o‘ylab qarasak, bu jarayonda ham bitta asosiy sabab mavjud edi, ya’ni iqtisodiy manfaatning ustuvorligi. Hind mutafakkiri M. Gandi ham diniy qoida va an’analarga sodiq qolgan holda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi kurash olib borgan. Jamiyatning kastalarga bo‘linishini va ular o‘rtasidagi tengsizlikni qoralagan. Xotin-qizlarning tengligi va ularning haq-huquqi uchun kurashgan, ammo jamiyatdagi tabaqalanishni tugata olmadi. Xristianlik dini tarkibida katolik, pravoslav, protestantlik yo‘nalishlarini paydo bo‘lishida nima sabab bo‘ldi! iqtisodiy manfaat va tafovutdan boshqa sabablar ikkinchi darajali hisoblanadi. Tarixiy fakt: o‘rta asrlarda aholi daromadning o‘ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar tushumlarni ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib boorish bilan birga mansabni suiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi vositalardan foydalanar edilar. Birgina misol, indulgensiyalar (lotincha ihduigehtia – rahm-shafqat degan ma’noni anglatadi) joriy qilib, uni sotishni keng yo‘lga qo‘yish asnosida katta iqtisod qilganlar. Islom dinidagi ilk bo‘linish ham moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa
emas. Xususan, VII asrning o‘rtalarida turli guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun
o‘zaro kurashlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘linish zamirida ma’naviy
barkamollikni saqlab qolish emas balki, hukmronlikka erishish asnosida iqtisod
qilish yotganligi oddiy haqiqat. To‘rtinchidan, diniy e’tiqoddagi uzilish va sun’iy tarzda yondashuvning avj olishi. Tarixdan bizga ma’lumki, Sharq mamlakatlarida so‘ngi ming yillik mustamlakachilik siyosati ta’sirida o‘tdi. Buning natijasida insonlar e’tiqodida tom ma’nodagi yеmirilish yuzaga keldi. Xususan, XX asrda dunyoning ikki tizimga bo‘linishi tufayli yuqoridagi muammolar (diniy e’tiqoddagi bo‘linish, turli manfaatlarni siyosiy-iqtisodiy tus olishi) bir oz (vaqtinchalik) ortga surildi.Ammo XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati
sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Ya’ni industrial
davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning
avj olishi natijasida mazkur muammolar turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida
o‘ta keskin tus oldi. Buning oqibatida hech bir diniy qarashlarga to‘g‘ri
kelmaydigan qarashlar (guruhlar)ni yuzaga kelishida zamin yaratildi.
Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yеtdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy
salohiyat еtakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol-yaroqlar emas, balki «fikrga qarshi
faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya» bilan kurashib olg‘a borish mumkin.
Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi kuchli bo‘lsa, o‘sha еngib chiqadi.
Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo
miqyosda ham davom etmoqda. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z
ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora
keskinlashib bormoqda. Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va
barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va
buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi
mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovuzga qo‘l urayotgan yovuz
kuchlar o‘z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan,
odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy
qiyinchiliklaridan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya
vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning
aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o‘zlariga
ma’qul bo‘lgan g‘oya bilan egallashlari ya’ni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy
ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlari xalqqa ayon
bo‘lib bormoqda.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin