9-mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari


Viruslarning turlari va vazifalari



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə4/11
tarix01.12.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#170435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MEDIA 9-MARUZA

Viruslarning turlari va vazifalari.
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
- yashash makoni;
- operatsion tizim;
- ishlash algoritmi xususiyati.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar
kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va
keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslar - turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi (eng ko‘p
tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yo‘ldoshlar (kompanon viruslar) yaratadi yoki
faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar - o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga)
yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorga
yozadi.Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi
vazifasini bajaradi.
Makroviruslar - axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning
makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h.
kabi ommaviy muharrirlarning fayl-hujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari - o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron
pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini
"qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga
(Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat)
bo‘linadi.
Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. virusni xotiraga yuklash;
2. qurbonni qidirish;
3. topilgan qurbonni zaharlash;
4. destruktiv funksiyalarni bajarish.
Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari
ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga
imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb
yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish
mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va
yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. Viruslarga qarshi
kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud: Muntazam profilaktika ishlarini,
ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish. Taniqli virusni zararsizlantirish.
Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin