harakatlar qo‘shilib qoladi. Asosan, bunga organizmda kechayotgan fiziologik,
bioximiyaviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
Faoliyatni davom
ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni
konpensatsiyali (tiklash imkoni bor) charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasining ortganligiga qaramay, ish
intensivligi pasaya borsa,
konpensatsiyasiz charchoq (tiklanishi uchun uzoqroq
vaqt ketadigin tiklanish) fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima?
Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining
vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi.
Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi
amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individ chidamliligining rivojlanganligi
turlichadir.
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida charchash mavzusiga
katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma
to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob
ul qonun fit
Tib”
4
da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga kelti-rishiga
to‘xtalib, uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1.
Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2.
Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan
gumon qilib, tanasida issiqlik va bo‘shashishni sezadi.
3.
Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib,
g‘ovlaganga o‘xshash hissiyot sezadi.
4.
Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va
kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha O‘rta Osiyo xalqlari jismoniy tarbiyasi tarixida tan tarbiyasining
ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib yuqorida qayd qilingan asarda
ifodalanganligiga e’tibor bersak, bu asar charchoqning
ichki mexanizmini
mukammal bayon etish bilan cheklanmay, uni organizmda tez tiklanishiga
erishishning usullari haqida ham tibbiy maslahatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida charchoqning
aqliy, jismoniy, emotsional,
sensor deb nomlanadigan xillarining mavjudligi e’tirof etiladi (sport fiziologiyasi
fanida to‘liq ma’lumotlar olasiz).
Chidamlilik vositali va vositalarsiz o‘lchanadi.
Chidamlilikni vositali o‘lchash uchun ma’lum tezlik bilan yugurish tavsiya
qilinib, masofada shu tezlikni o‘zgartirmay ushlay olish (tezlikni susayishi
boshlangungacha bo‘lgan) vaqti o‘lchanadi. Bu chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘lchashning qulay bo‘lmagan usulidir.
4
Абу Али ибн Сина “Канон врачебной науки” Изд., “Фан” УзССР, Ташкент, 1985 г. Стр 323
Amaliyotda chidamlilikni ko‘proq vositasiz o‘lchashdan foydalaniladi.
Sportda - uzoq masofaga (10.000
m; 20.000
m) yugurish uchun sarflangan
vaqtiga qarab chidamlilikka baho beriladi.
Insonning harakat faoliyatini turli-tumanligi
turlicha charchashga sabab
bo‘ladi. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab, maxsus va umumiy
chidamlilik, deb farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: