yuguruvchiga qayd qilingan masofa sprint masofasi bo‘lib xizmat qiladi. Yangi
o‘rganuvchi uchun esa 3-3,5
min li muddat uzoq masofa rolini o‘ynashi mumkin.
Mehnat, jismoniy tarbiya amaliyoti (mashg‘ulotlar, darslar)da chidamlilikni
– imkoni boricha uzoq vaqt davomida, ma’lum intensivlikdagi ishni,harakat
faoliyatini bajarish qobiliyati yoki jismoniy, kasbiy ish faoliyatini charchash, tolish
paydo bo‘lgun gacha bajarishi, boshqachasiga organizmni charchoqqa qarshi tura
olish qobiliyati deb ham ta’riflanadi.
Kasbiy faoliyat yoki jismoniy mashqlar bajarishda ish qobiliyatini uzoq vaqt
ushlab tura olish quyidagi faktorlarga bog‘liq:
a) kasbga oid harakat malakasi yoki jismoniy mashqlar “texnikasi”ning
yuqori darajadaligi;
b) kasb egasining organizmidagi nerv xujayralarini uzoq vaqt davomida
ushlay olish qobiliyati;
v) qon aylanish va nafas tizimi a’zolari ish qobiliyatining yuqori darajadaligi;
g) almashinuv jarayonlarining tejamkorligi;
d) organizmning quvvati zahirasi resurslarining kattaligi;
ye) organizmning fiziologik xizmatining batartibligi;
j) charchoqning sub’ektiv hissiyotlariga iroda orqali qarshi kurashish
qobiliyatining me’yoridaligi.
Hayotda kasb-hunarga oid yoki sport musobaqalari davomida sof
chidamlilikni o‘zida namoyon qilish amalda aytarli uchramadi. Ko‘pincha ular
boshqa sifatlar bilan qo‘shilib qo‘llaniladi. Bu chidamlilikning o‘zini ajratib
rivojlantirish yoki tarbiyalash shart emas, degan xulosaga olib kelmasligi lozim.
Inson organizmida chidamlilik harakat sifati tarzida mashqni yoki muskul
ishini uzoq muddat davomida bajara olishi yoki tolishga qarshi tura olishi tarzida
namoyon bo‘lishini bilib oldingiz.
Dostları ilə paylaş: