9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi Chidamlilik, deb h



Yüklə 456,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix02.05.2023
ölçüsü456,86 Kb.
#106280
1   2   3   4   5   6
9-mavzu

Yuqorida qayd qilingan komponentlarning ta’siri siklik mashqlar misolida 
quyidagicha bo‘ladi:
 
1. M a sh q n i  a b s o l yu t i n t ye n s i v l i g i faoliyatni energiya bilan 
ta’minlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanish tezligining 
pastligida energiya sarflan maydi. Sportchi organizmining kislorodga talabini 
ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, 
ishni boshlanishida nafas jarayoni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan 
paytida kislo rodga muhtojlikni katta emasligini hisobga olmasak, 
sarflanayotganining o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘un holatdagi 
sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlik deb nomlanadi.
Subkritik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik, taxminan, harakatlanish 
tezligiga to‘g‘ri proporsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq harakatlanayotgan 
bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bunda kislorodga muhtojlik uning aerob 
imkoniyatlariga teng. Bu holda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining 
ko‘lami maksimal darajada deb hisoblanadi. 
Kritik tezlik qanchalar yuqori bo‘lsa sportchining nafas imkoniyati shuncha 
yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik hisoblangan tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik 
tezlik deb nomlanadi.
Yuqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmining samaradorligini 
ozligidan kislorodga muhtojlik tezlashadi, harakat tezligiga nisbatan kislorodga 
muhtojligi ortadi. Taxminan kislorodga muhtojlik tezlikning kubiga nisbatan 
proporsional oshadi (Xill A.B.). 
Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa (ya’ni 1.5 marta) 
kislorodga muhtojlik esa taxminan 3,3-3,4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir 
ozgina oshirilsa, kislorodga muhtojlik ahamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z 
navbatida anaerob mexanizmlar rolini muvofiq holatda ko‘taradi. 
2. M a sh q n i d a v o m i y (uzoq yoki qisqa vaqt davomida bajarish) l i g 
i masofa bo‘laklarining uzunligi va masofa bo‘ylab harakatlanish tezligi bilan 
aniqlanadi. Davomi yligini o‘zgartirish ikki xil ahamiyat kasb etadiBirinchidan, 
faoliyatni bajarish uchun energiya qaysi manba hisobidan bo‘lishligiga qarab 
ishning davomiyligi belgilanadi. Agarda ishning davomiyligi 3-5 min ga 
yetmasa, nafas jarayoni kerak bo‘lgan darajada kuchayib ulgurmaydi, energiya 
bilan ta’minlashni anaerob reaksiya o‘z bo‘yniga oladi.
Bu shunday yuz beradi. Organizmning holati nisbatan tinch, ishni bajarish 
uchun qo‘zg‘alish jarayoni aytarli kuchaymagan holda bo‘lsa yoki ishgacha 
boshqa faoliyat bajarilgan bo‘lib, nafas jarayoni yetarli darajada yuqori holatga 
ko‘tarilgan bo‘lsa, kislorodga muhtojlik sodir bo‘lishi uchun vaqt cho‘zilishi 


mumkin. Mashqni davom ettirilishi me’yori qancha qisqartirilsa nafas jarayoni 
ning roli shuncha pasayadi va avvaliga glikolitik boshqaruv, so‘ng kreotin 
fosfokinez reaksiyalarining roli kuchayadi. 
Shuning uchun glikolitik mexanizmlarini takomil lashtirish maqsadida 
asosan 20 sek dan 2 min gacha, fosfo-kreotin mexanizm larini takomillashtirishda 
esa 3 sek. dan 8 sek bo‘lgan jismoniy yuklamalardan foydalaniladi. 
Ikkinchidan, faoliyat yuqori kritik tezlikda bo‘lib, ishning bajarilishi 
davomida kislorodga muhtojlikning ko‘lami aniq lansa, subkritik tezlik o‘z 
navbatida kislorodni yetkazib beruvchi, uni sarflovchi faoliyatlar tizimini 
uzoqroq kuch sarflab, zo‘riqishda ishlashini talab qiladi. Organizm uchun esa bu 
tizimlarni uzoq vaqt davomida mukammal ishlashini ta’minlash ancha og‘ir 
kechadi.
3. Dam olish i n t ye r v a l i n i n g k a t t a – k i ch i k l i g i  organizmning 
nagruzkaga javob reaksiyalari ko‘lami va uni xarakterli xususiyatlarini 
aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Takrorlashlarni organizmga bo‘ladigan ta’sir 
reaksiyasi har bir nagruzkadan so‘ng, bir tomondan, oldin bajarilgan ishga va 
boshqa tomondan esa urinishlar orasidagi dam olishning davomiy liligiga – uning 
katta-kichikliligiga bog‘liq. 

Yüklə 456,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin