Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki aniq mehnat turi (kasb-hunar)
faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa
hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo‘lgan chidamlilikni umumiy
chidamlilik deyiladi.
Amaliyotda bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy
chidamliligi degan iboralar dan foydalaniladi.
Yugurish, suzish, chang‘ida yurish, qayiqda suzishdek sport turlarida deyarli
barcha muskullar harakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq
ayrim muskullar guruhida hamda organizmning barcha muskullarida bo‘lishi
chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil
bo‘lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda
chidamlilik ham turlicha namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni
bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo‘ladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funksional
imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo‘lgan harakat malakalari va texnikani
egallanganligi darajasiga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob
va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog‘liq.
Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni
tashqi formasiga ham aytarli bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi
yordamida o‘zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug‘ullanuvchi
boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish
mashqlarni bajarishda ham o‘zining chidamliligidan ijobiy foydalana olishi
mumkin.
Misol, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordi natsiyaviy tuzilishi va
tezlik kuch xarakteristikasi ko‘p hollarda turlicha. Trenirovka qilish orqali
yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ya’ni “ko‘chish” yo‘q. Yugurish tezligi
yurish tezligini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Lekin, uzun masofadagi
shug‘ullanganlik bir vaqtning o‘zida yurish bilan yugurishda biri-biriga
«ko‘chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va
boshqalar).
Demak, harakat koordinatsiyasiga ko‘ra bir-biriga yaqin harakatlarni
bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasining funksional
imkoniyatini e’tiborga olsak, umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda
“vegetativ” shug‘ul langanlik chidamliligining “ko‘chishi” (o‘tish)ga qulay
imkoniyat ochiladi. Lekin, har bir holatda ham ko‘chish ro‘y bermasligi,
organizmning
quvvati
imkoniyatlariga,
harakatlarning
barcha
sifat
xususiyatlariga talab qo‘ymay, harakat malakalarini o‘zaro muvofiqlashuvini
xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning belgilangan vazifa larini hal qilish
og‘ir, chunki, bu vazifalar ko‘ngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng katta
hajmdagi og‘ir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana
boshlanganda ham o‘sha mashqni to‘xtatmaslik talab qilinadi. Bu ruhiy
tayyorgarlikning namoyon bo‘lishi uchun yuqori darajada katta talabni qo‘yadi.
Chidamlilikni rivojlantirish mehnatsevarlikni, katta nagruzkalardagi
xorg‘inlik hissiga bardosh berishni tarbiya lash bilan olib boriladi.
Shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotda ozmi-ko‘pmi charchoqni his qilsalargina,
ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning
kuchayishida ko‘zga tashlanadi.
Moslashuv o‘zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratil ganligi,
trenirovka nagruzkalari natijasida organizmdagi javob reaksiyasi xarakteri
darajasi bilan belgilanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamaning mezoni va kompo nentlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlar davo mida charchash sportchini bir oz bo‘lsa-
da uni his qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak, yuklamadan so‘ng tiklanish
juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa, chidamlilikning rivojlantirish yuklamasi
me’yoridan pastligi ma’lum bo‘ladi.
Ish hajmi katta bo‘lib, charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm
yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni
ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zgarishlar
darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uning ko‘lami, yo‘nalishi orqali
sodir bo‘ladi. Turli xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklama ning to‘la tavsifi
quyidagi besh komponentda namoyon bo‘ladi:
1) mashqning absolyut intensivligi (harakatlanishni sof intensivligi);
2) mashqning davomiyligi (uzunligi);
3) dam olish intervalining katta kichikligi;
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;
Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lab olib borish orqali
berilgan jismoniy yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina
emas, hatto uning sifati xususi yatini ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi
amaliyotda isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: |