9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi Chidamlilik, deb h



Yüklə 456,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix02.05.2023
ölçüsü456,86 Kb.
#106280
1   2   3   4   5   6
9-mavzu

Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki aniq mehnat turi (kasb-hunar) 
faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa 
hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo‘lgan chidamlilikni umumiy 
chidamlilik deyiladi.
Amaliyotda bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy 
chidamliligi degan iboralar dan foydalaniladi. 
Yugurish, suzish, chang‘ida yurish, qayiqda suzishdek sport turlarida deyarli 
barcha muskullar harakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq 
ayrim muskullar guruhida hamda organizmning barcha muskullarida bo‘lishi 
chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil 
bo‘lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda 
chidamlilik ham turlicha namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni 
bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo‘ladi. 
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funksional 
imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo‘lgan harakat malakalari va texnikani 
egallanganligi darajasiga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob 
va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog‘liq.
Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni 
tashqi formasiga ham aytarli bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi 
yordamida o‘zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug‘ullanuvchi 
boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish 
mashqlarni bajarishda ham o‘zining chidamliligidan ijobiy foydalana olishi 
mumkin. 
Misol, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordi natsiyaviy tuzilishi va 
tezlik kuch xarakteristikasi ko‘p hollarda turlicha. Trenirovka qilish orqali 
yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga 
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ya’ni “ko‘chish” yo‘q. Yugurish tezligi 
yurish tezligini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Lekin, uzun masofadagi 
shug‘ullanganlik bir vaqtning o‘zida yurish bilan yugurishda biri-biriga 
«ko‘chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va 
boshqalar). 
Demak, harakat koordinatsiyasiga ko‘ra bir-biriga yaqin harakatlarni 
bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasining funksional 


imkoniyatini e’tiborga olsak, umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda 
“vegetativ” shug‘ul langanlik chidamliligining “ko‘chishi” (o‘tish)ga qulay 
imkoniyat ochiladi. Lekin, har bir holatda ham ko‘chish ro‘y bermasligi
organizmning 
quvvati 
imkoniyatlariga, 
harakatlarning 
barcha 
sifat 
xususiyatlariga talab qo‘ymay, harakat malakalarini o‘zaro muvofiqlashuvini 
xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning belgilangan vazifa larini hal qilish 
og‘ir, chunki, bu vazifalar ko‘ngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng katta 
hajmdagi og‘ir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana 
boshlanganda ham o‘sha mashqni to‘xtatmaslik talab qilinadi. Bu ruhiy 
tayyorgarlikning namoyon bo‘lishi uchun yuqori darajada katta talabni qo‘yadi. 
Chidamlilikni rivojlantirish mehnatsevarlikni, katta nagruzkalardagi 
xorg‘inlik hissiga bardosh berishni tarbiya lash bilan olib boriladi. 
Shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotda ozmi-ko‘pmi charchoqni his qilsalargina
ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning 
kuchayishida ko‘zga tashlanadi.
Moslashuv o‘zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratil ganligi, 
trenirovka nagruzkalari natijasida organizmdagi javob reaksiyasi xarakteri 
darajasi bilan belgilanadi. 
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamaning mezoni va kompo nentlari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlar davo mida charchash sportchini bir oz bo‘lsa-
da uni his qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak, yuklamadan so‘ng tiklanish 
juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa, chidamlilikning rivojlantirish yuklamasi 
me’yoridan pastligi ma’lum bo‘ladi. 
Ish hajmi katta bo‘lib, charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm 
yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni 
ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zgarishlar 
darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uning ko‘lami, yo‘nalishi orqali 
sodir bo‘ladi. Turli xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi. 
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklama ning to‘la tavsifi 
quyidagi besh komponentda namoyon bo‘ladi: 
1) mashqning absolyut intensivligi (harakatlanishni sof intensivligi);
2) mashqning davomiyligi (uzunligi); 
3) dam olish intervalining katta kichikligi; 
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv); 
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni; 
Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lab olib borish orqali 
berilgan jismoniy yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina 


emas, hatto uning sifati xususi yatini ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi 
amaliyotda isbotlangan. 

Yüklə 456,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin