Uchrashma yo'nalishdagi harakatga doir masalalar Masala. Nozima va Naimaning uylari orasidagi masofa 550 metr. Ular bir vaqtda uylaridan chiqib bir-biriga qarab kela boshladi. Nozima 1 minutda 60 metr, Naima esa 1 minutda 50 metr yo'l yuradi. Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? S=(V1+V2)*t S=550 m
V1=60 m/min t=S:(V1+V2)
V2=50m/min t=550:(60+50)=5 min
t=?min
Yechish. l) qizlar 1 minutda bir-birlariga necha metr yaqinlashadi? 60 m +50 m =110 m.
2) qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? 550 :110 = 5 (min).
Javob: 5 minutdan keyin.
Agar jismlar (poyezdlar, velosipedlar, odamlar ... ) bir-biriga qarab harakatlanayotgan bo'lsa, ulaming yaqinlashish tezligi ular tezliklarining yig'indisiga teng bo'ladi.
1. A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo'lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 75 km/soat, ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat. a) ular bir-biriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? V=V1+V2 - bir-biriga yaqinlashish tezligi V=75+85=160 km/soat. 1 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometr bo'ladi? S=480-160=320 km b) avtomobillar necha soatdan keyin uchrashadi? t=S:(V1+V2)
t=480:(75+85)=3 soat
75 km/s ------------ -<----------85 km/s 480 km 2. A va B qishloqlar orasidagi masofa 78 kIn. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo'lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 12 kmlsoat. Bir soatdan keyin ular orasidagi masoia 52 kIn boldi. Eddnchi velosipedchining tezligini toping. A va B shaharlar orasidagi masofa 650 kIn. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo'lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 60 kmlsoat, ikkinchi poyezdniki - 70 kmlsoat. a) poyezdlar necha soatdan so'ng uchrashadi? 6) uchrashishga 1 soat qolganda uia. omsidagi masofa necha kilometr bo'ladi?