9-mavzu: Harakatga doir masalalar. Harakatga doir masalalar


Qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatga doir masalalar



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə5/5
tarix18.12.2022
ölçüsü29,37 Kb.
#76029
1   2   3   4   5
harakatga doir masalalar 1

Qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatga doir masalalar
Masala. Naima o'qiydigan maktab ularning uyidan o'ng tarafda, Naimaning opasi Nozima o'qiydigan litsey esa uydan chap tarafda. Opa-singil bir vaqtda uydan chiqdi va qarama-qarshi yo'nalishda biri maktabga, ikkinchisi litseyga yol oldi. Naimaning yurish tezligi 50 m/min, Nozimaniki esa 60 m/min. 5 minutdan so'ng ular orasidagi masofa necha metr bo'ladi?
Yechish.
I usul.
1) Naima 5 minutda qancha yo'l yuradi? 50 m/min . 5 min = 250m.
2) Nozima 5 minutda qancha yol yuradi? 60 m/min . 5 min = 300m.
3) 5 minutdan so'ng ular orasidagi masofa necha metr boladi?
250 m + 300 m = 550 m.
Javob: 550 metr.
II usul.

  1. 1 minutda Naima va Nozima bir-biridan necha metr uzoqlashadi?

50 m+60 m= 110m.
2) 5 minutda opa-singillar bir-biridan necha metr uzoqlashadi?110 m·5=550 m.
Javob: 550 m.
50 m/min ------------ -<----------60 m/min
5 min - ? km


Qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatda jismlaming bir-biridan uzoqlashish tezligi ular tezliklarining yig'indisiga teng.


Bir xil yo'nalishdagi harakatga doir masalalar

Masala. Anvar va Ravshan A qishloqdan bir vaqtda bir xil yo'nalishda velosipedlarda yo'lga chiqishdi. Anvaming tezligi 12 km/soat, Ravshanniki esa 15 km/soat. Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping.


bir-biridan uzoqlashish tezligini toppish uchun tezliklar yoki masofalarini ayiramiz.
V=V1-V2
Yechish. 1 soatda Ravshan Anvardan 15 km - 12 km = 3 km oldinda boladi. Demak, ulaming bir-biridan uzoqlanish tezligi 3 kmlsoat ekan.
Jauob: 3 km/soat.

12 km/soat ------------ A R
15 km/soat ------------ ? km/soat


O'rtacha tezlikni hisoblashga doir masalalar
Masala. Avtomobil Toshkentdan Samarqandga 5 soatda yetib keldi. Toshkentdan Samarqandgacha 330 km. Avtomobilning tezligini toping.
Yechish. Avtomobil I soatda necha kilometr yo'l yuradi?
330:5 = 66 (km).
Javob: Avtomobilning tezligi 66 km/soat. Bu o'rtacha tezlikdir.
Mashina Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan masofaning hammasini bir xil o'zgarmas 66 km/soat tezlik bilan bosa olmaydi: u goho sekin, goho tez yuradi, svetoforlar oldida to'xtashi mumkin. Jismning o'rtacha tezligini topish uchun jism bosib o'tgan yo'lni shu yo'lni o'tish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak.
Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin