9 Mavzu: hayvonlarini parvarish qilish gigiyenasi. Reja


Tuyoqlarni parvarish qilish



Yüklə 26,85 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü26,85 Kb.
#199912
1   2   3
9 mavzu

Tuyoqlarni parvarish qilish - Chorvachilikda hayvonlarni to‘shamasiz saqlash, panjarali pollar, hayvonlarni zich joylashishi, go‘ngni mexanizatsiya yordamida chiqarilishi ko‘pgina qiyinchiliklar keltirib chiqaradi hamda tuyoqlarning jarohatlanishiga sababchi bo‘ladi.
Jarohatlanishning oldini olish uchun hayvonlar to‘shamasiz saqlanadigan beton pollarning ustki qismiga mayin qum sepilishi hayvonlarning tuyoqlari bir tekisda emirilishiga yordam byeradi. To‘yoqlar jarohatlanishiga ko‘pincha panjarali pollar sababchi bo‘ladi. Shuning uchun panjarali pollar yumshoq materiallardan oralig‘i tor bo‘lishi kerak. Hayvonlarning dam oladigan joylarida pollar yaxlit bo‘lishi, yuradigan, oziqlanadigan va sug‘oriladigan joylarda pollar panjarali bo‘lishi kerak. To‘liq panjarali pollar asosan burdoqiga boqilayotgan hayvonlar uchun qullaniladi.
Agar hayvonlar binolarda saqlanib go‘ng transportyor yordamida chiqarilsa go‘ng yo‘llarini ustiga panjara qo‘yish kerak. Agar hayvonlar almashilmaydigan to‘shamali binolarda saqlansa qoramollarning tuyoqlari emirilmay o‘sib ketadi, qiyshayadi. Bunday xo‘jaliklarda qoramollarni doimo yayratish - oziqlantirish maydoniga chiqarish kerak, Hayvonlarni haydash yo‘li bilan sog‘ish zallarini to‘tashtirish kerak. Tuyoq kasalliklarini oldini olish uchun xo‘jaliklarda maxsus chuqurligi 10-12 sm, uzunligi 4-6 m bo‘lgan betonli vanna qurilib, 10 % li mis kuporosi va 5%-li formalin yeritmasi bilan to‘ldiriladi. Hayvonlar kuniga 1-2 marta 2 - 4 kun davomida o‘tkaziladi.
Cho‘chqalarni stanokda saqlaganda pollar nam va notekis bo‘lmasligi kerak. Tuyoq kasalliklarini oldini olish uchun binoning pollari quriq va tekis bo‘lishi kerak. Jarohatlanishning oldini olish uchun yumshoq to‘shamalardan foydalanish kerak.
Otlarning tuyoqlarini doimo ko‘zatib qarab tozalab turish kerak. Chunki ularning tuyoqlari mexanik jarohatlarga uchraydi. Otlarni tuyoqlariga doimo qaramasdan iflos, notekis yo‘llaridan haydash surunkali tuyoq va pay kasalliklarini kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun tuyoq kasalliklarining oldini olish uchun otlarni to‘g‘ri ishlatish va saqlash kerak. Otlarni denniklarda saqlashga o‘tishdan oldin og‘ir ishlarni bajargandan so‘ng oyoq bug‘inlarini pastdan Yuqori ga qarab uqalash kerak. Paylari Yaxshi rivojlanmagan otlarning bug‘inlari bint bilan uralishi kerak. Tuyoqlar doimo ko‘zdan kechirilib, tozalanib yuvib quritilishi kerak. Tuyoq shoxini o‘sib ketmasligi uchun doimo qirqib tozalab turish kerak. Agar qirqish o‘tkazilmasa tuyoqni oldingi qismi usib ketadi va bunday hayvonlarning tovoniga og‘irlik tushadi. Buning natijasida paylar cho‘ziladi. Tuyoqlar o‘ziga xos bo‘lmagan shakllarga o‘tadi, og‘riq paydo bo‘ladi, oqsaydi. Tuyoqlarni doimo qirqib turilishi uni bir tekisda o‘sishini ta’minlaydi. Ishchi otlarni tuyoqlarini parvarish va qarashning asosiy omili ularni taqalash. Taqalaganda tuyoqlar tez yemirilmaydi, tekis qattiq yo‘llarda otlar ishonchli yuradi va ish qobiliyatini oshiradi hamda tuyoq kasalliklarini oldini oladi. Otlar har 1,5-2 oyda taqalanadi.

Yüklə 26,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin