Shoxni parvarish qilish - Qoramollarning shoxlarini parvarish qilishning asosiy maqsadi jarohatlanishlarning oldini olishdir. V.A.Alikaev o‘z ma’lumotlarida shox ta’sirida 8,5 % shikastlanishlar kelib chiqishini keltirgan. Agar hayvonlar bog‘lamay boqiladigan bo‘lsa ularni 60-70 kunligida shoxsizlantirish mumkin. Katta Yoshdagi hayvonlarda shoxsizlantirishni o‘tkazish ancha og‘riqli bo‘lgani uchun tavsiya etilmaydi.
Motsionning ahamiyati- hayvonlar uzoq vaqt yopiq binolarda yayratmasdan saqlansa zararli ta’sir qiladi. Motsionsiz hayvon bo‘shashadi, lanj bo‘ladi, kam ta’sirchan, organizmda gaz va modda almashishi pasayishi tufayli organizmni umumiy chidamligi bo‘shashadi, ishtaha kamayadi. Shuning uchun doimo motsion qilib turish kerak. Hayvonlar tashqi harorat - 250 dan past bo‘lsa va qora - yomg‘ir yoqqanda yayratishga chiqarilmaydi.
Motsion - fiziologik jarayonlarni qo‘zg‘atadi va organizmni chiniqtiradi. Quyosh nurlari ta’sirida qon ishlab chiqarish funksiyasi Yaxshilanadi, organizmda Ca v P ni hosil bo‘lishi yo‘lga quyilibraxit va osteomalyasiya kasalliklarini oldi olinadi. Bug‘oz mollarni yayratish tug‘ishni osonlashtiradi. Har kunlik motsion hayvonlari to‘yimli ozuqalarni hazm qilishini oshiradi, sut va sut yog‘i oshadi, Yosh organizmning o‘sishi, jun miqdori va tuxum olish soni ko‘payadi. Motsion uchun molxonalar yoniga TLM asosida kengroq qilib atrofi o‘ralgan holda yayratish maydoni quriladi. Qo‘yxonalar yonidan to‘silgan ayvon qilinib, kun bo‘yi Shu yerda oziqlantiriladi, sug‘oriladi va saqlanadi. YAyratish maydonlari tekis ko’lmak suvlari yig‘ilmaydigan hamda go‘ngdan tozalash oson bo‘lishi kerak. Emadigan Cho‘chqa bolalari va jo‘jalar uchun binoning janub tomonidan qalin to‘shamali joy ajratiladi. Yayratish maydoni iloji boricha issiq, qor-yomg‘ir vaqtida soyabonli ayvon qilinib, daraxt ekib ko‘klamlashtirilishi kerak.
Motsion vaqti - hayvonning Yoshi, fiziologik holati va havo sharoitiga qarab davom etadi. Katta hayvonlar Yozda yertalab va kechqurun, qishda kunduzi 2-6 soat yayratish maydoniga chiqariladi. Hayvonlar motsionga 10 kunlik Yoshidan boshlab o‘rgatiladi. Avvalo bino ichida keyin Yaxshi havoda 10-15 min tashqariga chiqariladi. Asta-sekin vaqti uzaytirib boriladi. Motsion vaqtida hayvonlar bir joyda turib qolmasligi va asta-sekin harakat qilib turishi kerak. Buning uchun 1-2 km uzoqlikda yayratish yo‘lga qo‘yiladi. Qish vaqtida qordan tozalanib, sirpanchiq vaqtida kul yoki qum sepib qo‘yiladi. Naslli buqalar yakka mix atrofida yoki majburiy etaklab aylantirilishi, otlar esa minib yayratilishi mumkin. Bug‘oz sigirlar, Cho‘chqalar, qo‘y va otlar bug‘ozlikning oxirgi oylarida ehtiyotlik qilib yayratiladi. Bo‘rdoqiga boqiladigan mollar, katakda saqlanadigan va tuxum byeradigan parrandalar odatda motsionsiz saqlanadi.
Nazorat savollari:
1. Parvarishlashning ahamiyatini ayting.
2. Terini parvarishlashning asosi nimadan iborat.
3. Qishloq xo‘jalik hayvonlari nima uchun shoxsizlantiriladi.
4. Qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun motsionning ahamiyati.