9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə18/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
9-mavzu

SHARQ FALSAFASIDA INSON. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim.
Shu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»7.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlaShuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya’ni joriy qilishga qobil emas”8.
Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta’sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta’biri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek bo‘ladi”9. Agar quyosh bo‘lmasa, inson narsalarni ko‘ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo bo‘lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya’ni aqlli mavjudot.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin