9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə16/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
9-mavzu

Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:

  • «aqlli mavjudot»;

  • «siyosiy hayvon»;

  • «tabiat gultoji»;

  • «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;

  • «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;

  • «ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.

Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin