4. Internet tarmog‘i. Internet bu yagona boshqaruv markaziga ega boʻlmagan, ammo bir xil qoidalar asosida ishlaydigan, hamda oʻzining barcha foydalanuvchilariga barcha xil xizmatlarni, bir xilda koʻrsata oladigan tarmoqdir. Internet tarmoqlardan iborat tarmoq boʻlib, uning tarkibiga kirgan har bir tarmoq mustaqil hisoblangan Internet xizmatlarini taklif etuvchi operatorlar – ISP (Internet Service Provider)-lar tomonidan boshqariladi. Internetning ishlashi avvaldan mavjud boʻlgan barcha aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Hozirga kelib bu aloqa operatorlari qatoriga, asosiy ishi Internet xizmatlarini taqdim qilishga yoʻnaltirilgan koʻp sonli yangi aloqa operatorlari ham qoʻshildi. Shuning uchun Internetning tuzilishi avvalgi boʻlimda koʻrib oʻtilgan telekommunikatsion tarmoq tuzilishiga oʻxshashdir. Internetning umumiy tuzilish chizmasi 7-rasmda keltirilgan.
7-rasm. Internetning tuzilish chizmasi.
Xizmatlarni taqdim qilishning magistral tarmoqlari, millatlararo aloqa operatorlariga oʻxshash tarmoqlar hisoblanadi. Ular katta-katta xududlarni birlashtiruvchi oʻzlarining xususiy transport magistrallariga egadirlar. Bu xududlarning kattaliklari – biron bir davlat, kontinent yoki butun er shari miqyosida ham boʻlishi mumkin. Magistral ISP-larga misol qilib – Sable & 28 Wireless, WorldCom va Global One magistral tarmoqlarini keltirish mumkin. Xizmatlarni taklif qiluvchi mintaqaviy tarmoqlar esa, biron bir mintaqa – shtat, graflik, okrug yoki viloyat xududlari miqyosida ish yuritadilar. Shahar xududi miqyosida faoliyat yuritadigan aloqa operatorlari tarmoqlari esa, xizmatlarni taklif qiluvchi lokal operatorlar deb ataladi. Mintaqaviy operatorlar oʻzaro ulanishlarini osonroq tashkil qilishlari uchun, Internet tarmogʻida maxsus axborot almashinish markazlari koʻzda tutilgan. Ular koʻp sonli aloqa operatorlarini oʻzaro bogʻlashlarni amalga oshirib beradilar. Bunday axborot almashinish markazlari Internet eXchange (IX) yoki Network Access Point (NAP)-lar deb ataladi. ISP-larni koʻrsata oladigan xizmatlarining xillariga qarab quyidagi sinflarga ajratilishi mumkin: - Internet-kontentni ta’minlovchi provayderlar (Internet Content Provider - ICP); - Xosting xizmatlarini ta’minlovchi provayderlar (Hosting Service Provider - HSP); - Kontent etkazib berishni ta’minlash provaydarlari (Content Delivery Provider - CDP); - Ilovalarni qoʻllab turishni ta’minlash provayderlari (Application Service Provider - ASP); - Billing xizmatlarini ta’minlash provayderlari (Billing Service Provider - BSP). Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan Internet deganda turli xil tarmoqlar – ya’ni ISP tarmoqlar, korporativ tarmoqlar, uyda turib ishlaydigan foydalanuvchilarning tarmoqlari va kompyuterlaridagi axborot resurslaridan iborat tarmoq deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: |