Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzishi Chiziqlar turlicha tarmoqlanishi va turli usullar bilan birlashishi mumkin.
Tarmoqlanish ma’lumotlarning bir qismi yoki barchasi har ajralgan yoyda
foydalanish mumkinligini anglatadi. Yoy har doim uzatiladigan ma’lumotlar
to‘plamini identifikatsiyalash uchun tarmoqlanguncha belgilanadi. Agar yoy bandi
tarmoqlangandan so‘ng belgilanmagan boisa, u holda belgilanmagan band
barcha ma’lumotlar to‘plamini o‘zida saqlaydi. Bandning har bir belgisi aynan shu
band mavjudligini aniqlab beradi.
Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzish detallashtirish darajasini oshirish
orqali boqichma-bosqich olib boriladi. Keyingi har bir daraja diagrammasi asl blok
strukturasini aniqlab beradi. Modelni tuzish yagona blokdan boshlanadi va uning
uchun boshlang‘ ich ma’lumotlarni, natijalar, boshqaruv va amalga oshirish
mexanizmini belgilab beradi. So‘ngra u ketma-ketlik bilan qadamma-qadam
detallashtirish usulidan foydalangan holda detallashtiriladi. Bunda har bir
funksiyani ko‘pi bilan 3—7 ta blok bilan taqdim etish tavsiya qilinadi. Barcha
hollarda har bir kichik funksiya faqat foydalanilgan yoki asl funksiya orqali
uzatiladigan ma’lumotlar elementlardan foydalaniladi. Ayni paytda hech bir
element tushirib qoldirilmasligi lozim va bu holat tuzilgan modelning to‘g‘riligini,
ya’ni uni zid kelmasligini ta’minlaydi.
Kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar Bosh diagrammadan kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar simvollar (belgilar) va
sonlardan foydalangan holda raqamlanadi.
Ramz aloqa turini bildiradi:
I — kiruvchi,
S — boshqaruvchi,
M— mexanizm,
R — natija,
Son — asosiy blokning tegishli tomoni bo‘yicha aloqa nomeri yuqoridan pastga va
chapdan o‘ngga qarab hisoblanadi.
Barcha diagrammalar bir-biri bilan bloklarning iyerarxik nomerlanishi orqali
bog‘lanadi: birinchi daraja — AO, ikkinchisi — Al, A2, uchinchi daraja A l l ,
A12, A13 va h.k. Bunda birinchi raqam — bosh blok nomeri, oxirgisi esa — bosh
blokka tegishli ma’lum bir kichik blok nomeri sanaladi.