9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash


Modellarni ishlab chiqishning 2-bosqichi



Yüklə 490,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix14.12.2023
ölçüsü490,49 Kb.
#176934
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Data base security - lecture 9

Modellarni ishlab chiqishning 2-bosqichi
 
2-bosqich — ma’ lumotlar oqimi diagrammasining iyerarxiyasini shakllantirish 
(har bir daraja uchun): 
• detallashtiruvchi diagramma yordamida ma’lumotlar oqimining joriy 
diagrammasiga oid har bir jarayonni dekompozitsiyalash. 
Agar ayrim funksiyalar murakkab boisa, jarayonlar kombinatsiyalari orqali 
ifodalash mumkin bo‘lmasa, jarayonlar tasnifini tuzish; 
• yangi oqimlar diagrammada paydo bo‘lganda ularni ma’lumotlar lug'atiga 
qo‘shib qo‘yish; 
• ikki-uchta daraja tuzilgandan so‘ng ko'rinishni yaxshilash va to‘g`riligini 
tekshirish maqsadida taftish o‘tkazish. 
Jarayonlarni to‘liq tasniflash 
Jarayonlarni to‘liq tasniflash ham oqimlardagi axborotni uzatishda, ham ularni 
saqlashda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilmasini bayon etishni o‘z ichiga oladi. 
Bayon etiladigan ma’lumotlar tuzilmasi muqobillarni, shartli kirish va iteratsiyani 
o‘z ichiga olishi mumkin. Shartli ravishda kirish deganda ma’lumotlarning tegishli 
elementlari tuzilmada bo'lmasligi mumkinligini tushuniladi. 
Muqobillik shuni anglatadiki, tuzilmaga qayd etilgan elementlardan biri kirishi 
mumkin. Iteratsiya esa elementning bir necha marta qaytarilishi mumkinligini 
anglatadi. Bundan tashqari ma’ lumotlar uchun uzluksiz yoki diskret 
ahamiyatga ega turlari ko‘rsatilishi kerak. Uzluksiz ma’lumotlar uchun o‘ lchov 
birligi, ahamiyat ko‘ lami, tasavvur aniqligi va flzik kodlashtirish shakli 
belgilanishi mumkin. Diskretli tur uchun esa mumkin bo‘ lgan qiymatlar jadvali 


ko'rsatilishi mumkin. Olingan tugallangan modelning to‘liqligi va mosligini 
tekshirib ko`rish lozim. Model mosligi deganda mazkur holatda barcha 
ma’lumotlar oqimi uchun axborotni saqlash qoidasi bajarilganligi tushuniladi. 
Keluvchi barcha ma’ lumotlar hisoblanishi va yozib olinishi lozim. 

Yüklə 490,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin