foydalaniladi. Spetsifikatsiya talablarini tahlil etish va
belgilash bosqichida
holatlar o‘tishining diagrammasi boshqaruvchi ta’sirni olishda ishlab chiqiladigan
dasturiy tizim xatti-harakatini namoyon qiladi. Boshqaruvchi ta’sir
yoki signallar
deganda, tizim orqali olinadigan boshqaruvchi ma’lumot tushuniladi.
Masalan, foydalanuvchining komandalari va kompyuter
tizimiga ulangan datchik
signallari boshqaruvchi harakat sanaladi. Ana shunday boshqaruvchi ta’sir olgach,
ishlab chiqilayotgan tizim ma’lum bir harakatni amalga oshirishi yoki tashqi ta’sir
bilan o‘zaro ta’sirlashib, boshqa holatga o‘tishi yoki o ‘sha holatda
qolishi
mumkin.
Yakuniy avtomatlar nazariyasi
Holatlarning o‘tish diagrammasini tuzish uchun yakuniy avtomatlar nazariyasiga
ko‘ra quyidagilarni aniqlab olish lozim:
Asosiy holat,
Boshqaruvchi ta’sir (yoki o‘tish shartlari),
Bajariladigan xatti-harakat va bir holatdan boshqasiga o‘tish variantlari,
Holatlarning o ‘tish diagrammasini tuzishda foydalaniladigan shartli belgilar.
Agar dasturiy tizim ishlash jarayonida atrof-muhit (foydalanuvchi yoki datchiklar)
bilan o ‘zaro faol harakat qilmasa, masalan, sodda interfeysdan foydalansa va
ayrim hisob-kitoblarni berilgan boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha
amalga oshirsa,
holatlarning o`tish diagrammasi odatda hech qanday qiziqish uyg'otmaydi. Bu
holda u faqat ketma-ket bajariladigan o ‘tish amallarini namoyon qiladi. Ya’ni,
boshlang‘ich holatdan ma’lumotlarni kiritish holatiga o‘tadi, so‘ng hisob-kitob
qilingach chiqish holatiga, va nihoyat ishni yakunlash holatiga o'tiladi.
Dostları ilə paylaş: