9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash


Ma’lumotlar oqimini modellashtirish



Yüklə 490,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix14.12.2023
ölçüsü490,49 Kb.
#176934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Data base security - lecture 9

 


Ma’lumotlar oqimini modellashtirish 
Ma’lumotlar oqimini modellashtirishga asoslangan tuzilmali (strukturali) tahlil va 
loyihalashtirish metodologiyasi odatda, loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minot 
kompleks tasavvuridan modellar majmuasi shaklida foydalanadi: 
• tizimda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayonlar orqali axborot manbai va 
iste’molchilarning o‘zaro ta’sirini bayon etuvchi ma’lumotlar oqimi manbai va 
iste’molchilar diagrammasi (DFD — Data Flow Diagrams); 
• ishlab chiqilayotgan tizimning ma’ lumotlar bazasini bayon etuvchi 

mohiyat-
aloqa

diagrammasi; 
• tizimning ma’lum vaqtdagi holatini tavsiflovchi vaziyatlar o‘zgarishi 
diagrammasi (STD — State Transition Diagrams); 
jarayonlar spetsifikatsiyasi
• atamalar lug‘ati. 
Jarayonlar spetsifikatsiyasi 
Jarayonlar spetsifikatsiyasi odatda qisqacha matn bayoni sxemasi, psevdokodlar, 
Flow-forma yoki Nassi-Shneyderman diagrammasi shaklida bo‘ladi. Chunki, 
jarayonlar bayoni ishlanma mutaxassisiga ham, buyurtmachiga ham birday 
tushunarli va qisqa bo‘lishi lozim. Ularni tavsivlash uchun ko‘pincha 
psevdokodlardan foydalaniladi. 
Atamalar lug‘ati. Atamalar lug‘ati spetsifikatsiyalash jarayonida foydalaniladigan 
asosiy tushunchalarning qisqacha bayonidan iborat bo‘ladi. U predmet sohasidagi 
asosiy tushunchalarni aniqlash ma’ lumotlar elementlari tuzilmasi, ularning turlari 
va shakli bayoni, shuningdek, barcha qisqartmalar hamda shartli belgilarni o ‘z 
ichiga olishi lozim.
Atamalar lug'ati predmet sohasini tushunish darajasini oshirish va buyurtmachi 
hamda ishlanma ijrochilari o‘rtasida modellar muhokamasi borasida 
qaramaqarshilik yuzaga kelishining oldini olish uchun mo‘ljallangan. 
Atamalar bayoni 
Odatda, lug‘atda atamalar bayoni quyidagicha sxema bo‘yicha bajariladi: 
• atama; 
• kategoriya (predmet sohasi tushunchasi, ma’lumotlar bazalari, shartli belgilar) 
• qisqacha bayon. 
Ko‘rsatilgan modellardan tashqari to‘ liq spetsifikatsiya tarkibiga har qanday 
yondashuvda predmet sohasi obyektlari bayon ining matematik modellari ham 
kiradi. Ular tahlil etilayotgan o‘lchamlar va shu o‘lchamlarga qo‘yilgan 
cheklovlarning asosiy nisbatini aniqlash imkonini beradi. Sanab o‘tilgan 
modellarni batafsil ko‘rib chiqishga o‘tamiz. 

Yüklə 490,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin