6.6-rasm.Mehnat potensialining tasniflanishi Mehnat potensialining faol qismiga mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishda o‘z xizmati bilan ishti-rok etayotgan, jamiyatga ijtimoiy-iqtisodiy naf keltirayotgan faoliyat yoki foydali mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar kiradi. Shuningdek, mehnat potensialining faol qismiga xorijiy davlatlarda ishlayotgan fuqarolar-ni ham qo‘shish mumkin. Garchi ular mamlakat yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishida qatnashmasa-da, o‘z mehnat faoliyatlari bilan oilasiga daromad keltiradi hamda mamlakatda valyuta oqimining vujudga kelishiga hissa qo‘-shadilar. Bundan tashqari, ayni vaqtda xizmat joyiga ega bo‘lmagan, ishlash-ni xohlovchi, faol ish qidirayotgan ishsiz aholini ham faol qismga kiritish mumkin. Chunki ular ham mehnat organlari orqali yoki mustaqil tarzda o‘zla-riga maqbul ish topishlari va tez orada ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari mumkin.
Nofaol qism mamlakat iqtisodiyotiga safarbar etilmagan ishga layoqatli aholining umumlashmasidan iborat. Bu toifaga tug‘uruq ta’tilidagi ayollar, farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul onalar, ishlamaydigan uy bekalari, mehnat yoshiga yetgan maktab o‘quvchilari, akademik litsey, kollej hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari, aspirantlar va doktorantlar, shuningdek, ishlab chiqa-rishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar kiradi. Mazkur qatlamlarning mavjud bo‘lishiga tabiiy hol sifatida qarash kerak. Biroq nofaollar miq-dorining me’yoriy chegarasi ham saqlab turilishi lozim. Aks holda bitta iqtisodiy faol aholiga to‘g‘ri keladigan boqimandalik koeffitsienti oshib ketishi mumkin. Nofaollikning me’yoriy chegarasiga, birinchi navbatda, tug‘ilish ko‘rsatkichi ta’sir etib, uning yuqori bo‘lishi iqtisodiy faoliyat-da band bo‘lmagan ayollarning ko‘payishiga, shuningdek, kelgusida jamiyatda yoshlar ulushining ortishiga olib keladi.
Mamlakat ish potensialining zaxira qismiga mehnat yoshi chegarasiga yaqin bo‘lgan aholi (14–16 yoshdagi o‘smirlar, 55 dan yuqori yoshdagi ayollar, 60 dan yuqori yoshdagi erkaklar)ni, faoliyat imkoniga ega bo‘lgan nogironlarni kiritishimiz mumkin. Chunki zaruriy sharoitlarda ularni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishchi kuchi sifatida iqtisodiyotga safarbar etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tez o‘zgaruvchan bo‘lganligi bois, mehnat potensialining har uchala qismi ham bir-biriga oson almashinishi mumkin.