6.4-rasm. Mehnat potensiali sifat ko‘rsatkichlarining shakllanishi
Mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichlariga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular quyidagicha ifodalanadi:
f(s)= s (s , s , s , s , s ,c ……..c ),
|
(2)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
n
|
|
bu yerda: f(s) – mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichi; s1 – jismoniy holat va sog‘lik darajasi; s2 – ta’lim va ma’lumot darajasi; s3 – malakasi va kasbiy mahorati; s4 – tadbirkorlik qobiliyati; s5 – hayotiy tajriba va ko‘nikmasi; c6 – dunyoqarashi va ongi; c7 – odob-axloki va xulq-atvori; c8 – ma’naviy yetukligi...
Mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi dastlabki omil bo‘lib, inson resurslarining jismoniy holati va sog‘lik darajasi hisoblanadi. Har bir kishi to‘la-to‘kis hayot kechirish va o‘zi tanlagan mehnat faoliyati sohasida ishlay olishi uchun muayyan sog‘lik hamda jismoniy rivoj lanish darajasiga ega bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkich shaxsning jismoniy imkoniyatlari, quvvati va salohiyatini belgilaydi. Aynan ushbu imkoniyat-largina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish va iqtisodiyot-ni yuritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aholi va mehnat potensialining malaka va kasbiy mahorat ko‘rsatki-chi, bir tomondan, xodimning doimiy ravishda murakkablashib boruvchi ish vazifalarini bajarishga, kasb faoliyati o‘zgarishiga tayyorligini, ikkinchi tomondan, xizmatga munosabatini, mehnat intizomini, mehnat intensivli-gini shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich xodimning yil-lar davomidagi mehnat faoliyati, amaliy tajribalari va nazariy bilimlari asosida shakllanadi. Malaka va mahoratning yuqori ko‘rsatkichi ishchining o‘z mutaxassisligini yaxshi egallagani, kasbiy tayyorgarlikka egaligi va zamo-naviy talablarga javob bera olish qobiliyatlaridan dalolat beradi. Ushbu omil orqali jamiyatda yangi yutuqlarga erishish va yuqori marralarni zabt etish mumkin bo‘ladi
Xodimning tadbirkorlik qobiliyati uning yaratuvchiligi va yangilik-ka intilib ishlashini anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu fazilatga ega ish-chilar daromad olish yo‘llari va manbaalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, biznes yuritish bo‘yicha yetarli bilim sohibidirlar. Shuningdek, tadbir-korlik qobiliyati tashabbuskorlik va yangi g‘oyalarning vujudga kelishini ta’minlaydi. Korxona strategiyasini ishlab chiqarish, uning kelgusi re-jalarini belgilash va ishlab chiqarishning yangi turlarini joriy etishda ushbu xususiyatga ega kishilar mehnatidan foydalanish o‘z samarasini be-radi.
Shunday qilib, mehnat potensiali – bu jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quvvatlari, demakdir. Mehnat potensiali jismoniy imkoniyat, ma’lumot, kasb-hunar, malakaga ega, ishlab chiqarishda ishtirok etishga la-yoqatli bo‘lgan barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi. Mehnat potensiali eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, u mamlakatning islohot va tub o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlaydi. Jamiyatning iqtiso-diy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, o‘z navbatida, uni rivojlantirishda hal qiluvchi asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |